AsosiyDunyo

Isroil Eronning qaysi hududlariga hujum qilgani aytildi

Bildirilishicha, mamlakat Eronning yadroviy dasturi bilan bog‘liq o‘nlab obyektlarga zarba bergan

'Isroil Eronning qaysi hududlariga hujum qilgani aytildi'ning rasmi

Isroil Mudofaa kuchlari — CXAL (IDF) tomonidan berilgan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Isroil Eron hududida yadroviy dastur bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator obyektlarga qarshi zarbalar uyushtirdi.

CXALning baholashicha, Eronda bir necha kun ichida 15 ta yadroviy bomba yaratish uchun yetarli miqdorda boyitilgan uran mavjud. Shu sababli Isroil bu “yaqin tahdidga” qarshi zarur choralarni ko‘rishga majbur bo‘lganini bildirgan.

“Reuters” axborot agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, portlashlar ovozi Eronning Natanza shahrida joylashgan yadro obyektlari yaqinida hamda Tehronda eshitilgan.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu quyidagicha bayonot berdi:

“Biz Eronning yadro yoqilg‘isini boyitish dasturining yuragiga zarba berdik. Shuningdek, Eronning ballistik raketa dasturining muhim bo‘g‘inlariga ham hujum qildik,” – deydi u.

Hozirda vaziyat xalqaro hamjamiyat tomonidan diqqat bilan kuzatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar