2025 yil 13 iyun tongida Isroil Mudofaa vaziri Isroel Kats bergan bayonotga ko‘ra, Isroil havo kuchlari Eron hududiga nisbatan “oldini olish maqsadidagi” zarba bergani ma’lum qilindi.
Ushbu harakat ortidan Isroilda favqulodda holat joriy etildi. Bu haqda AFP axborot agentligi xabar bermoqda.
Isroel Katsning aytishicha, Isroil tomonidan amalga oshirilgan zarbadan so‘ng mamlakat hududiga qarshi Eron tomonidan raketa va uchuvchisiz uchish apparatlari orqali hujumlar amalga oshirilishi mumkin. Uning bayonoti “The Times of Israel” nashri tomonidan keltirilgan.
Shu bilan birga, Erondagi “Nour News“ axborot manbasi Tehron shahrining shimoli-sharqiy hududlarida portlashlar kuzatilgani haqida xabar bergan.
Vaziyat yuzasidan diplomatik kuzatuvlar davom etmoqda.