AsosiyDunyo

Rossiyaliklar Germaniyani yomon ko‘radimi?

Tarixchi Rossiya propagandasining hiylalarini ochib berdi.

'Rossiyaliklar Germaniyani yomon ko‘radimi?'ning rasmi

So‘nggi o‘n yillikda Rossiyada Germaniyaga nisbatan munosabat keskin o‘zgardi. “Levada-markazi” tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, rossiyaliklarning 55 foizi aynan Germaniyani o‘z mamlakatiga eng dushman davlat deb hisoblagan.

Bu ko‘rsatkich 10 yil avval atigi 3 foizni tashkil etgan, Qrimning anneksiyasidan so‘ng esa 20 foiz atrofida bo‘lgan. Avvalgi ikki o‘n yillikda esa “asosiy dushman” deya AQSH nomi tilga olinardi.

Nemis tarixchisi Mattias Ul esa bu boradagi o‘zgarishlarni ikki asosiy sabab bilan izohlaydi. “DW” nashriga bergan intervyusida u, avvalo, AQSHda Donald Trampning hokimiyatga qaytishini, u orqali murosaga erishish umidlarining kuchayishini tilga oldi. Ikkinchi muhim omil sifatida esa Germaniya hukumatining Ukrainaga qat’iy qo‘llab-quvvatlov ko‘rsatganini ko‘rsatadi.

Tarixchining fikricha, Rossiyada tobora avtoritar boshqaruv kuchayib borayotgan bir paytda, hatto mustaqil so‘rovlar ham odamlarning ichki qo‘rquvlari sabab aniq haqiqatni ko‘rsatmasligi mumkin.

“Ammo agar so‘rov natijalarini chuqurroq tahlil qilsak, bu dushman obrazining shakllanishida ommaviy propagandaning o‘rni beqiyosligini ko‘rish mumkin. Aksariyat rossiyaliklar asosiy axborotni aynan televizor orqali oladi”, — deydi tarixchi.

Mattias Ulning ta’kidlashicha, Rossiya propagandachilari Germaniyaga nisbatan eski stereotiplarga osongina murojaat qilishi mumkin. Chunki bu mamlakat Ikkinchi jahon urushi davrida SSSRning bosh dushmani bo‘lgan.

“Bu propagandada ishlatish uchun qulay andoza. O‘sha eski tugmani bosish kifoya. Bu Fransiya yoki Buyuk Britaniya uchun qilinadigan ish emas”, — deya izoh beradi u.

Shunga qaramay, tarixchi Germaniya haqidagi salbiy obraz uzoqqa bormasligiga ishonadi. “Agar kelajakda tinchlik kelishuvi imzolansa, bu sun’iy dushman obrazi darhol o‘zgaradi. Men bunga deyarli aminman”, — deya yakunlaydi Ul.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 05:05

    'Eron AQSHning Quvaytdagi harbiy bazasiga bergan zarbasi oqibatida necha nafar askar halok bo‘lgani ochiqlandi'ning rasmi

    Dunyo 03.03.2026 14:54

    Eron AQSHning Quvaytdagi harbiy bazasiga bergan zarbasi oqibatida necha nafar askar halok bo‘lgani ochiqlandi

    Tarmoqlarga sizdirilgan ushbu ma'lumotni AQSh Markaziy qo'mondonligi tasdiqlagan.

    'Buxoroda terrorizmni moliyalashtirgan ota 10 yilga qamaldi'ning rasmi

    Dunyo 03.03.2026 10:57

    Buxoroda terrorizmni moliyalashtirgan ota 10 yilga qamaldi

    Suriyadagi jangarilarga kriptovalyuta yuborgan fuqaro sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etildi.

    'Tibbiyot OTMlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo 03.03.2026 09:19

    Tibbiyot OTMlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin

    Sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi tizimini isloh qilishga qaratilgan prezident farmoni loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qoʻydi.

    'Саудия Арабистонидаги энг йирик нефть заводига Исроил ҳужум қилдими?'ning rasmi

    Dunyo 03.03.2026 08:38

    Саудия Арабистонидаги энг йирик нефть заводига Исроил ҳужум қилдими?

    Ma'lumotlarga ko'ra, Saudiya Arabistoni neft ob'ektlari Eron hujumlarining nishonlari qatoriga kirmagan.

    'Ar-Riyoddagi AQSh elchixonasi hududiga dronlar bilan hujum qilindi'ning rasmi

    Dunyo 03.03.2026 04:24

    Ar-Riyoddagi AQSh elchixonasi hududiga dronlar bilan hujum qilindi

    Portlash ortidan kichik yong‘in yuz bergani, jabrlanganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.