AsosiyDunyo

Ilon Mask nega otasi bilan aloqani uzgan?

Dunyodagi eng boy inson — Ilon Mask otasi bilan gaplashmaydi.

'Ilon Mask nega otasi bilan aloqani uzgan?'ning rasmi

Ilon Maskning onasi — Mey Maskning xotiralari chop etilgan kitobda u Errol bilan bo‘lgan munosabatlarini ochiq-oydin bayon qiladi. Kitob erining zo‘ravon munosabatlar haqidagi fojeali hikoya. Ammo Mey o‘sha munosabatlarni uzib, yangi hayot boshlashga muvaffaq bo‘lgan ayol.

Mey Kananada tug‘ilgan, ammo bolaligi Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)ning poytaxti Pretoriyada o‘tgan. Maktabni bitirgach, u manekenshitsa sifatida ishlagan va parallel ravishda diyetologiya bo‘yicha universitetda o‘qishni tugatgan. 

Meyning hayotidagi "eng yovvoyi hayvon" uning turmush o‘rtog‘i Errol bo‘ldi. Errol Mask o‘sha paytda brutal, chiroyli va kelajagi porloq siyosatchi bo‘lgan — u hatto shahar merligiga yoki vazirlik lavozimiga nomzod sifatida ko‘rilayotgan edi.

Mey unga maktab paytidayoq oshiq bo‘lgan va keyinchalik birga turmush qurishgagan.

Ilon ularning asal oyida tug‘ilgan. Undan so‘ng tez orada Kimbal, so‘ngra Toska dunyoga kelgan.

Meyning yozganlariga ko‘ra, turmushga chiqqandan so‘ng Errol uni asta-sekin oilasi va yaqinlaridan uzoqlashtirgan. U hatto ular bilan aloqa qilishni taqiqlagan. Manekenchilik faoliyatini tugatishga majbur bo‘lgan, Errol unga ishlashga ruxsat ham bermasdi.

U turmush o‘rtog‘ining biznesi uchun hisob-kitob yuritardi, bolalarni tarbiyalardi. Ammo shundan so‘ng Errol uni do‘stlariga yoki hatto do‘kondagi sotuvchiga kulgani uchun ham urardi. Bir kuni u hatto qo‘lida pichoq bilan uni quvgan. Shu voqea Mey uchun oxirgi nuqta bo‘lgan. U bolalarini olib, ota-onasining uyiga qaytgan.

Ota-onasi qizining ahvolini ko‘rib, hayratga tushgan — ular uning baxtli hayot kechirayotganiga ishonishgan. Ajrashgandan so‘ng u bolalari bilan boshqa shaharga ko‘chib ketgan, kam ta’minlangan ona bo‘lib, ularni o‘zi katta qilgan. Ularning asosiy taomi araxis yog‘li sendvich va fasol sho‘rvasi bo‘lgan.

Meyning aytishicha, Errol bolalariga hech qanday moddiy yordam bermagan. Bolalarning har biri o‘zi tanlagan universitetga kirib, ta’lim kreditlari orqali o‘qishgan va har biri mustaqil ravishda muvaffaqiyatga erishgan — Ilon dunyodagi eng boy muhandisga, Kimbal restoranlar tarmog‘iga ega, Toska esa o‘z kinokompaniyasini ochgan.

Maskning otasi Errol ajrashgandan so‘ng yolg‘iz qolmagan. U tez orada yosh beva ayolga uylangan. Ayolning avvalgi turmush o‘rtog‘idan ikki farzandi bo‘lgan, ulardan biri — to‘rt yoshli Yana.

Bu nikohdan Maskning otasini yana ikki qizi tug‘ilgan. Ammo u eng katta o‘gay qizi Yanaga mehrni bo‘lakcha ko‘rsatgan. Ikkinchi xotini eridan shubhalana boshlagan. Ayolning qizi - Yana katta bo‘lib, go‘zal qizga aylanganidan so‘ng Errol o‘z hissiyotlarini yashira olmay qolgan. Shundan so‘ng ikkichi ayoli ham Maskning otasi bilan ajrashishga qaror qilgan.

2017 yilda o‘gay qiz Maskning otasidan o‘g‘li tuqqan. 2019 yilda ikkinchi farzandlari — qizaloq tug‘ilgan. Birinchi farzand tug‘ilganida jamoatchilik shov-shuv ko‘targan, ikkinchi bola haqida esa umuman ommaviy axborotga ma’lumot berilmagan.

Bu voqea Ilonni shokka soldi. U otasi bilan shundan so‘ng hech qachon gaplashmagan va u bilan barcha munosabatlarni uzgan.

    Boshqa yangiliklar