AsosiyDunyo

Avstriyadagi maktabda otishma sodir bo‘ldi

Oqibatda kamida 8 kishi halok bo‘lgan.

'Avstriyadagi maktabda otishma sodir bo‘ldi'ning rasmi

Bugun, 10 iyun kuni Avstriyaning janubi-sharqidagi Gras shahridagi maktabda otishma yuz berdi. Oqibatda kamida 8 kishi halok bo‘ldi, shuningdek, bir necha kishi yaralandi. Bu haqda “Kronen Zeitung” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, qurbonlar orasida o‘quvchilar ham, o‘qituvchilar ham bor. Bundan tashqari, “Heute” nashri to‘qqiz kishining o‘lganini, “Kurier” esa o‘n nafar odamning o‘lganini xabar qilmoqda. Ichki ishlar vazirligi “Der Standard” nashriga bir necha kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan, biroq ularning soniga aniqlik kiritmagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisada hujumchi ham halok bo‘lgan. “Kurier”ning yozishicha, u maktab o‘quvchisi bo‘lgan va o‘z joniga qasd qilgan. O‘quvchi ikki sinf xonasida o‘t ochgan. “Kronen Zeitung” u zo‘ravonlik qurboni bo‘lganini aytmoqda.

Poytaxti Gras bo‘lgan Shtiriya shtati politsiyasi Drayershyutsengassedagi Federal oliy maktab-gimnaziyasida (BORG) operatsiya o‘tkazilganini ma’lum qildi. Bino ichida otishma ovozlari eshitilgan. Operatsiyaga “Kobra” maxsus kuchlari va vertolyot jalb qilingan.

Hozirda maktabdagi vaziyat xavfsiz, u yerdagi odamlar evakuatsiya qilingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Isroil tomonidan Eron yadroviy infratuzilmasiga uyushtirilgan zarba: mavjud ma’lumotlar sharhi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:30

    Isroil tomonidan Eron yadroviy infratuzilmasiga uyushtirilgan zarba: mavjud ma’lumotlar sharhi

    “Darakchi.uz” Eron hamda Isroilda kuzatilayotgan mojarolar ostida yuzaga kelgan holatlar xronologiyasini ma’lum qiladi.

    'Isroildagi o‘zbekistonliklar raketa hujumi sababli ogohlantirildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:49

    Isroildagi o‘zbekistonliklar raketa hujumi sababli ogohlantirildi

    O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakat fuqarolariga raketa hujumidan saqlanish uchun qat’iy chollarni belgilab berdi.

    'Isroil Eronning qaysi hududlariga hujum qilgani aytildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:20

    Isroil Eronning qaysi hududlariga hujum qilgani aytildi

    Bildirilishicha, mamlakat Eronning yadroviy dasturi bilan bog‘liq o‘nlab obyektlarga zarba bergan

    'Isroil Eron hududiga zarba berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:13

    Isroil Eron hududiga zarba berdi

    Ushbu harakat ortidan Isroilda favqulodda holat joriy etildi.

    'Rossiyaliklar Germaniyani yomon ko‘radimi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:04

    Rossiyaliklar Germaniyani yomon ko‘radimi?

    Tarixchi Rossiya propagandasining hiylalarini ochib berdi.

    'Hindistonda halokatga uchragan samolyot bortida 244 kishi bo‘lgan- OAV'ning rasmi

    Dunyo 12.06.2025 15:20