AsosiyJamiyat

AQSH O‘zbekiston suv resurslariga qiziqish bildirmoqda

AQSH Geologiya xizmati O‘zbekistondagi daryolarning suv rejimini o‘rganish uchun pudratchilarni jalb qilmoqchi.

'AQSH O‘zbekiston suv resurslariga qiziqish bildirmoqda'ning rasmi

E’lon qilingan tender shartlariga ko‘ra, AQSH Davlat departamenti tarkibiga kiruvchi Geologiya xizmati O‘zbekistonda ikkita loyihani amalga oshirish uchun pudratchilar izlamoqda. 

 Birinchisi – “O‘zbekiston yer usti suvlari va qor qoplami tahlili” va ushbu mavzuda raqamli axborot bazasi yaratishni nazarda tutadi. Aytilishicha, loyiha “sel oqimlari xavfini baholashga qaratilgan”.  

 Ikkinchi loyiha — Qashqadaryo daryosi qaysi manbaalardan to‘yinishi, jarayonning mavsumiy dinamikasini o‘rganishga qaratilgan.

Hujjatga ko‘ra, ushbu ikki loyiha ham “O‘zbekiston hukumatining suv manbaalarini baholash bo‘yicha ilmiy-texnik salohiyatini oshirishga” qaratilgan. 

Markaziy Osiyoda suv resurslari muammosi juda keskin va ushbu vaziyatdan AQSH Rossiya va Xitoyni jilovlash strategiyasining bir qismi sifatida foydalanib, mintaqada yangi “siyosiy ta’sir dastagi”ni qo‘lga kiritishi mumkin, dedi RTga bergan intervyusida Xalqaro gumanitar va siyosiy tadqiqotlar instituti eksperti Vladimir Bruter. 

    Boshqa yangiliklar