AsosiyJamiyat

Qurbon hayiti kuni Toshkent metrosi vaqtincha bepul bo‘ladi

Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

'Qurbon hayiti kuni Toshkent metrosi vaqtincha bepul bo‘ladi'ning rasmi

Ertaga, 6 iyun kuni Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar barcha yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

Qayd etilishicha, ertaga, 6 iyun – Qurbon Hayiti bayrami kuni yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin ya’ni tonggi soat 03:00 dan ish faoliyatini boshlaydi.

Bundan tashqari, Qurbon hayiti bayrami kunida barcha yo‘lovchilar uchun Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek, metro yo‘lovchilariga bayram munosabati bilan belgilangan boshqa dam olish kunlarida quyidagicha tartibda poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi:

7 iyun – shanba kuni uchun belgilangan jadval bo‘yicha;

8 iyun – yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat ko‘rsatiladi.

    Boshqa yangiliklar