AsosiyJamiyat

Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi yakunlandi

Joriy yilning 28 may - 3 iyun kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi o‘tkazildi.

'Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi yakunlandi'ning rasmi

Toshkent shahrida tashkil etilgan bahslarda dunyoning 13 ta mamlakati (Saudiya Arabistoni, Turkiya, Ozarbayjon, Mongoliya, Belarus, Vetnam, Rossiya, Gruziya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston)dan kelgan hamda O‘zbekiston vakillaridan iborat jami 115 nafar (28 ta jamoa) o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Hakamlar hay’ati tarkibiga Turkiya, Saudiya, Rossiya, Belarus va Angliyadan xalqaro ekspertlar jalb etildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumiy hisobda 69 nafar (12 ta oltin, 24 ta kumush, 33 ta bronza) ishtirokchi o‘quvchi turli darajadagi medallar bilan taqdirlandi.

Quvonarlisi, o‘zbekistonlik o‘quvchilar 19 ta (6 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza) medal bilan mazkur xalqaro olimpiadaning yakka peshqadam jamoasiga aylandi.

Mazkur olimpiada ilk bor 2023 yili Xiva shahrida o‘tkazilgan va unda 15 ta mamlakatdan kelgan hamda O‘zbekiston vakillaridan iborat jami 130 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar qatnashgan.

Unda O‘zbekiston vakillari umumiy hisobda 15 ta (3 ta oltin, 8 ta kumush, 4 ta bronza) medal bilan taqdirlangan.

Ma’lumot uchun: 2022 yilda yurtimiz o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida — 46 ta, 2023 yilda — 91 ta, 2024 yilda — 128 ta, 2025 yil iyun oyiga qadar — 151 ta medalni qo‘lga kiritdi.

    Boshqa yangiliklar