AsosiySalomatlik

Jaziramada qon quyuqlashishi qanchalik xavfli?

Tabiiyki, bunday issiq havo surunkali kasalligi bor ayrim bemorlarga qiyinchilik tug‘diradi. Qolaversa, yuqori harorat ko‘pchilikda qon quyuqlashishiga sabab bo‘lishi mumkin.

'Jaziramada qon quyuqlashishi qanchalik xavfli?'ning rasmi

SSV Matbuot xizmati buning salomatlik uchun xavflari haqida ma’lumot berdi.

 — Qon – inson tana a’zo va to‘qimalarini kislorod hamda zarur ozuqa moddalari bilan ta’minlovchi muhim suyuqlik, — deydi Toshkent shahar tibbiy maslahat diagnostika markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Orifjon Aripov. — U infeksiyalarga qarshi kurashib, ichki a’zolar faoliyatida ishtirok etadi. 

Qon quyuqlashishi organizmdagi ana shu jarayonlarning buzilishiga olib keladi. Oqibatda yashirin kasalliklar yuzaga chiqishi yoki yangilari paydo bo‘lishi mumkin.

Ayrim hollarda xastalik yoki tashqi omillar sabab qon tarkibi buziladi va uning keragidan ortiq quyuqlashib ketishi yoki, aksincha, suyuqlashishi kuzatiladi. Uning quyuqlashishi tomirlarda qon aylanishining buzilishi va trombozlar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 

Bu, o‘z navbatida, insult va infarktga chalinish ehtimolini orttiradi. Uning suyuqlashishi esa qon ketishi, bemor tanasida ko‘karish va qon talashlar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Ikki holatda ham tezda tibbiy ehtiyot choralarini ko‘rish zarur. 

Qon quyuqlashishiga ko‘pincha qattiq asabiylashish, qandli diabet, shuningdek shirinliklar, kartoshka, banan, tuxum, gazli ichimliklar, fast-fud va turli qovurma taomlar sabab bo‘ladi. 

Qolaversa, bu holat kam suyuqlik ichish, havo haroratining keskin ko‘tarilishi tufayli ham yuzaga keladi.

Jaziramada qon quyuqlashishi tananing suvsizlanishiga bog‘liq. Issiq havoda ter bilan organizmdagi suv bug‘lanib ketadi. 

 Bu – qonning quyuqlashishi, uning aylanma harakati qiyinlashishi va tromb hosil bo‘lish xavfini oshiradi.

Natijada insonda bosh og‘rig‘i, jizzakilik, tushkunlik, xotira pasayishi, holsizlik, uyquchanlik, qo‘l va oyoqlar sovqotishi, og‘iz qurishi kuzatiladi. 

Yurak tez urishi, nafas qisishi, tananing turli qismlarida ko‘karishlar paydo bo‘lishi va tirnoq shakli o‘zgarishi mumkin. Hatto, miyaga qon yaxshi yetib bormasa, bosh aylanishi, hushdan ketish ehtimoli ham mavjud. 

Bu salbiy holatlar esa tomirlarda qon aylanishining buzilishi va trombozlar hosil bo‘lganidan darak beradi. Oqibatda insult va infarkt xavfi ortadi.

Issiq havoda qon quyuqlashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yetarli miqdorda suyuqlik ichish zarur. Eng yaxshisi, tabiiy toza suv hisoblanib, salqin va achchiq bo‘lmagan choy ham ichish mumkin. Biroq gazlangan ichimliklar aslo mumkin emas. 

Qon holatini tekshirish uchun shifokorga murojaat qilish maqsadga muvofiq. Agar tibbiy tekshiruvlardan so‘ng uning quyuqligi me’yordan ortiq ekani ma’lum bo‘lsa, zarur muolajalar tayinlanadi.

Biroq qonni suyultiruvchi dori vositalarini o‘zboshimchalik bilan qabul qilish mumkin emas. Sababi uning haddan ortiq suyuqlashishi jarohatlarda qonning to‘xtamay qolishiga olib kelishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sho‘r ovqat oshqozon saratonini keltirib chiqarishi mumkin'ning rasmi

    Salomatlik 04.06.2025 17:33

    'Shifokor kech uxlash miya uchun zararli degan qoidani rad etdi'ning rasmi

    Salomatlik 03.06.2025 21:07

    Shifokor kech uxlash miya uchun zararli degan qoidani rad etdi

    "Ideal uyqu vaqti" degan umumiy qoida mavjud emas, chunki har bir insonning o‘z hayot ritmi bor, deydi mutaxassis.

    'Cho‘milish mavsumida xavfsizlik bo‘yicha mutaxassisdan tavsiyalar'ning rasmi

    Salomatlik 30.05.2025 18:16

    Cho‘milish mavsumida xavfsizlik bo‘yicha mutaxassisdan tavsiyalar

    Shifokor taqiqlangan suv havzalarida cho‘milish ichak infeksiyalari va boshqa sog‘liq muammolariga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

    'Dunyo mamlakatlarida yana koronavirusning yangi to‘lqini  tarqalyaptimi?'ning rasmi

    Salomatlik 30.05.2025 12:17

    Dunyo mamlakatlarida yana koronavirusning yangi to‘lqini tarqalyaptimi?

    Barchani qiziqtirgan savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov batafsil javob berdi.

    'Go‘daklarga qanday oziq-ovqatlarni berib bo‘lmaydi?'ning rasmi

    Salomatlik 29.05.2025 18:48

    'Varikoz kimlarda va qanday holatlarda yuzaga keladi?'ning rasmi

    Salomatlik 25.05.2025 15:47