AsosiyDunyo

Rossiya Xarkovga raketa va dronlar bilan zarba berdi

Hujum ortidan mamlakatda kamida 6 kishi jarohat olgan.

'Rossiya Xarkovga raketa va dronlar bilan zarba berdi'ning rasmi

Bugun, 2 iyun tongida Rossiya armiyasi Xarkov shahriga dronlar va ballistik raketalar bilan hujum uyushtirdi.

Xarkov meri Igor Terehovning yozishicha, zarba oqibatida fuqaro korxonasi binosi, bir nechta xonadon va avtomobillar shikastlangan. Eng achinarlisi — jabrlanganlar orasida bir nafar bola ham bor.

Terehov hujum paytida Rossiyadan uchirilgan ikki ballistik raketa shaharning zich aholi yashaydigan hududiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tushganini ma’lum qildi.

“Ulardan biri ko‘p qavatli uy yaqiniga, ikkinchisi esa maktabdan atigi bir necha o‘n metr uzoqlikdagi yo‘lga qulagan. “Bu fojia emas, bu mo‘jiza — bu yerdan jasadlar emas, faqat vahima chiqdi”, — deya yozdi shahar rahbari.

Tinchlik osmoni ostida bolalar qo‘rquvda, ota-onalar najot izlayapti. Dunyoga tinchlik kerak, ammo raketalar buni eshitmayapti.

    Boshqa yangiliklar