AsosiyDunyo

Qozog‘istonda ota va o‘g‘il yashin urishi ortidan vafot etdi

Mamlakatda o‘lim holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

'Qozog‘istonda ota va o‘g‘il yashin urishi ortidan vafot etdi'ning rasmi

Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatida yashin urishi ortidan 37 yoshli erkak va uning 9 yashar o‘g‘li halok bo‘ldi. Bu haqda “Kazinform” yozmoqda.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 1 iyun kuni Akadir qishlog‘i yaqinida yuz bergan. Ota va o‘g‘il chorva mollarini boqayotgan bo‘lgan. Ular yashin urishi oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan. O‘lim holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

“Fojiali hodisa tafsilotlarini aniqlash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda. Tekshiruv natijalari bo‘yicha yakuniy protsessual qaror qabul qilinadi”, — deydi viloyat politsiya departamenti.

Avval ham shunday voqea yuz bergan

2024 yilning avgust oyida ham Qozog‘istonning Oqto‘be shahrida bir erkak yashin urishi oqibatida halok bo‘lgan edi.

Erkak kechki ovqatdan so‘ng hovliga chiqqan va uni yashin urgan. Tibbiyot xodimlari erkakning hayotini qutqara olmagan.

    Boshqa yangiliklar