Yapon muhandislari internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatishdi: ular ma’lumotlarni 1 million gigabayt (1,02 petabit) tezlikda, 1 808 kilometr masofaga uzatishga muvaffaq bo‘lishdi.
Bu natija 19 ta mustaqil kanalga ega bo‘lgan maxsus optik tolali kabel yordamida amalga oshirildi. Kabelning tashqi diametri odatiy optik tolalarnikiga o‘xshash bo‘lsa-da, uning ichki tuzilishi ma’lumotlarni parallel ravishda uzatish imkonini beradi.
Bu kabi texnologiyalar kelajakdagi yuqori talablarga javob berish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, sun’iy intellekt, 6G va Internet narsalarining rivojlanishi bilan ma’lumot trafigi keskin oshishi kutilmoqda.
Hozircha bu natijalar laboratoriya sharoitida erishilgan bo‘lsa-da, ular kelajakdagi yuqori tezlikdagi internet infratuzilmasini rivojlantirishda muhim qadam hisoblanadi.
Abdulloh Sayyid