AsosiyDunyo

Ilon Mask psixotrop moddalarga qaramlikda gumon qilinmoqda

Ilon Mask ketamin va ekstazi iste’moli bilan bog‘liq ayblovlarga duch kelmoqda.

'Ilon Mask psixotrop moddalarga qaramlikda gumon qilinmoqda'ning rasmi

Mashhur amerikalik milliarder va Tesla hamda SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask giyohvand moddalarni taxmin qilinganidan ham ko‘proq miqdorda iste’mol qilayotgani haqidagi ma’lumotlar ommaga oshkor bo‘ldi. Bu haqda The New York Times nashri Maskga yaqin manbalarga tayanib xabar bermoqda, deya yozmoqda "Zamon.uz". 

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, 53 yoshli milliarder ketaminni ba’zida har kuni qabul qiladi, uni boshqa dorilar bilan aralashtirib, ba’zan esa shaxsiy ziyofatlarda ekstazi va psixotrop qo‘ziqorinlar bilan birga iste’mol qilgan. U bu odatni Trampning prezidentlik kampaniyasi vaqtida ham davom ettirgan.

Maskning giyohvandlikka moyilligi u bilan ishlayotgan mutaxassislar va kompaniyalarga xavotirli holat sifatida taqdim etilmoqda. Xususan, uning ruhiy holati notekis, tajovuzkorlik va tez-tez kayfiyat o‘zgarishi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarning mavjudligidan darak beradi.

Ilon Mask avvalroq ketaminni shifokorlar tavsiyasi bilan ruhiy tushkunlikni davolash maqsadida qabul qilayotganini ta’kidlagan va noqonuniy moddalarni muntazam iste’mol qilayotgani haqidagi xabarlarni rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra, Mask hozirda 387 milliard dollar boyligi bilan dunyoning eng boy odami hisoblanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yaponiyada xodimlarini jaziramada ishlatgan kompaniyalar jazolanadi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:01

    Yaponiyada xodimlarini jaziramada ishlatgan kompaniyalar jazolanadi

    O‘tgan yili yuqori harorat sabab 30 kishining o‘limi qayd etilgan.

    'Hindistonda xavfli infeksiyali kasalliklarga chalinish holatlari ko‘payib ketgani ma’lum qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:04

    'Rossiyada o‘lim jazosi amaliyotga qaytariladi(mi?)'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:55

    Rossiyada o‘lim jazosi amaliyotga qaytariladi(mi?)

    Sergey Mironov terrorchilar uchun adolatli jazo faqat o‘lim ekanligini aytgan.

    'AQSHda yahudiylarga qarshi hujum uyushtirildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:24

    AQSHda yahudiylarga qarshi hujum uyushtirildi

    Hodisa ortidan 6 kishi tan jarohati olgan.

    'Rossiya Xarkovga raketa va dronlar bilan zarba berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:14

    Rossiya Xarkovga raketa va dronlar bilan zarba berdi

    Hujum ortidan mamlakatda kamida 6 kishi jarohat olgan.

    'Qozog‘istonda ota va o‘g‘il yashin urishi ortidan vafot etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:56

    Qozog‘istonda ota va o‘g‘il yashin urishi ortidan vafot etdi

    Mamlakatda o‘lim holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.