AsosiyDunyo

Tramp tez orada G‘azo bo‘yicha otashkesim rejasini e’lon qilishi kutilmoqda

Trampning atrofidagi jamoa bir necha haftadan beri otashkesim bo‘yicha siyosiy tashabbus ustida ishlamoqda.

'Tramp tez orada G‘azo bo‘yicha otashkesim rejasini e’lon qilishi kutilmoqda'ning rasmi

"Israel Hayom" nashri yozishicha, AQSHning sobiq prezidenti va 2024 yilgi saylovlarda Respublikachilar nomzodi Donald Tramp yaqin orada G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatish bo‘yicha rejani e’lon qilishi mumkin.

https://www.skynewsarabia.com/world/1798841-ترامب-يقترب-إعلان-وقف-إطلاق-النار-غزة-مقابل-صفقة-رهائن

Manbalarga ko‘ra, Trampning atrofidagi jamoa bir necha haftadan beri otashkesim bo‘yicha siyosiy tashabbus ustida ishlamoqda. Rejaga muvofiq, Isroil va HAMOS o‘rtasida bir necha bosqichli kelishuv taklif etiladi. Tramp bu tashabbusni saylovoldi kampaniyasida xalqaro muammolarni hal qila oladigan yetakchi sifatida ko‘rsatish uchun qo‘llamoqchi.

Hozircha rejaning aniq tafsilotlari ma’lum emas. Biroq, manbalarning ta’kidlashicha, u otashkesim, garovdagilarni almashish va insonparvarlik yordamini tiklashni ko‘zda tutadi.

Nashr ta’kidicha, Trampning tashabbusi Jo Bayden ma’muriyatidan farqli ravishda harakat qilishga qaratilgan bo‘lib, u o‘zini tashqi siyosatda ham samarali yetakchi sifatida namoyon etmoqchi.

Hozircha Isroil hukumati yoki AQSHning rasmiy idoralari bu xabarga izoh bermagan. Ammo Trampning tashabbusi joriy vaziyatda G‘azodagi keskinlikni yumshatishda yangi bosqichni boshlashi mumkin, deb ta’kidlaydi tahlilchilar.

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar