AsosiyDunyo

Braziliyada Rossiyaning soxta hujjatlarga asoslangan josuslik tarmog‘i fosh etildi

Bu tarmoqda Rossiya maxsus xizmatlari agentlari Braziliyada tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarni soxtalashtirib, go‘yoki asil braziliyalikka aylanishgan.

'Braziliyada Rossiyaning soxta hujjatlarga asoslangan josuslik tarmog‘i fosh etildi'ning rasmi

Braziliya Federal politsiyasi Rossiyaning soxta hujjatlar orqali tashkil etilgan josuslik tarmog‘ini fosh etdi. Bu tarmoqda Rossiya maxsus xizmatlari agentlari Braziliyada tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarni soxtalashtirib, go‘yoki asil braziliyalikka aylanishgan. Ular Braziliyada bir necha yil yashab, mahalliy jamiyatga moslashgan va keyinchalik Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan Yevropa, AQSH va Yaqin Sharqda maxfiy topshiriqlarni bajarish uchun jo‘natilgan.

Tergov 2022 yil boshida, AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi Braziliya hukumatini Niderlandiyaga kirishga uringan braziliyalik pasportiga ega shaxs haqida ogohlantirganidan so‘ng boshlangan. Bu shaxs - Viktor Myuller Ferreyra nomi ostida harakat qilgan Sergey Cherkasov bo‘lib, Rossiya harbiy razvedka boshqarmasi (GRU) ofitseri ekani aniqlangan. U Xalqaro jinoiy sudda amaliyot o‘tashga harakat qilgan, ammo hujjatlari soxta ekani fosh etilgan. 

Cherkasovning hibsga olinishi bilan boshlangan tergov natijasida, kamida to‘qqiz nafar Rossiya ofitseri Braziliyada soxta shaxsiyatlar bilan yashagani aniqlangan. Ular Braziliyaning markazlashmagan fuqarolik ro‘yxatga olish tizimidan foydalanib, soxta tug‘ilganlik guvohnomalari asosida pasport va boshqa hujjatlar olgan. Bu hujjatlar ularga dunyo bo‘ylab sayohat qilish va turli missiyalarni bajarish imkonini bergan. 

Braziliya hukumati bu holatdan so‘ng, Interpol orqali xalqaro ogohlantirishlar chiqardi va josuslar haqidagi ma’lumotlarni boshqa mamlakatlar bilan baham ko‘rdi. Bu Braziliyaning an’anaviy betaraf tashqi siyosatidan chetga chiqishi sifatida baholanmoqda. Hozirda fosh etilgan agentlardan faqatgina Cherkasov qamoqda qolmoqda, qolganlari esa qochib ketgan. 

Bu voqealar Braziliyaning hujjatlashtirish tizimidagi xavfsizlik kamchiliklarini ko‘rsatib berdi. Hukumat bu kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarni oldini olish uchun chora-tadbirlar ko‘rishni rejalashtirmoqda.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Pokiston va Afgʻoniston Ramazon hayiti arafasida harbiy harakatlarni vaqtincha toʻxtatdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:51

    'Putin Larijoniy o‘limiga munosabat bildirdi: “U Rossiyaning haqiqiy do‘sti edi”'ning rasmi

    Dunyo Bugun 03:50

    Putin Larijoniy o‘limiga munosabat bildirdi: “U Rossiyaning haqiqiy do‘sti edi”

    Eron tomoni Larijoniyning Isroil havo zarbasi oqibatida halok bo‘lganini tasdiqladi.

    'Isroil Eron razvedkasi rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi'ning rasmi

    Dunyo 18.03.2026 13:53

    Isroil Eron razvedkasi rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi

    Hattib 2021 yildan Eron Razvedka vaziri edi va yangi Oliy rahnamosiga eng yaqin shaxslardan biri hisoblanar edi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 18.03.2026 12:41

    'Эрон Али Ларижоний ўлими учун қасос олиш билан таҳдид қилди'ning rasmi

    Dunyo 18.03.2026 04:46

    Эрон Али Ларижоний ўлими учун қасос олиш билан таҳдид қилди

    Isroil hujumlarida halok bo'lgan yuqori lavozimli amaldor ortidan Eron keskin bayonot berdi.

    'AQSH fuqaroligidan voz kechish to‘lovi keskin arzonlashtirildi'ning rasmi

    Dunyo 17.03.2026 14:37

    AQSH fuqaroligidan voz kechish to‘lovi keskin arzonlashtirildi

    AQShda fuqarolikdan chiqish uchun undiriladigan to‘lov 2 350 dollardan 450 dollargacha tushirildi.