AsosiySiyosat

O‘zbekiston Prezidenti va Sloveniya Bosh vaziri Qo‘shma bayonot imzoladilar

Ular huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

'O‘zbekiston Prezidenti va Sloveniya Bosh vaziri Qo‘shma bayonot imzoladilar'ning rasmi

Lyublyana shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Sloveniya Respublikasi Bosh vaziri Robert Golob Qo‘shma bayonot imzoladilar. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Ular huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bular:

- diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish to‘g‘risida;

- ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida;

- transport va logistika sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;

- "aqlli" shaharlarni boshqarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;

- standartlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;

- suv resurslarini boshqarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;

- turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitimlar.

    Boshqa yangiliklar