AsosiyDunyo

Indoneziyadagi Dukono vulqonining kuli 1600 metr balandlikka ko‘tarildi

Mamlakatda zilzilalar va 130 ga yaqin harakatdagi vulqonlar mavjud.

'Indoneziyadagi Dukono vulqonining kuli 1600 metr balandlikka ko‘tarildi'ning rasmi

Indoneziyaning Shimoliy Maluku provinsiyasidagi Dukono vulqoni otilishidan keyin 1600 metr balandlikka kul sochdi.

Vulkanlarni kuzatish posti otilish mahalliy vaqt bilan tongga yaqin sodir bo‘lganini ma’lum qildi, deb xabar beradi  Antara News.

Bayonotda aytilishicha, dengiz sathidan 1087 metr balandlikda joylashgan vulqon otilishi natijasida 1600 metr balandlikka kul otilib chiqqan.

Rasmiylar vulqon atrofida yashovchi odamlarni niqob taqish haqida ogohlantirdi.

Dukono vulqoni Indoneziyadagi eng faol vulqonlardan biri sifatida tanilgan.

Indoneziyada 130 ga yaqin harakatdagi vulqonlar mavjud bo‘lib, ular zilzilalar va "Tinch okeani olov halqasi" vulqonlari mintaqasida joylashgan.

    Boshqa yangiliklar