AQSH Isroilning Eron yadroviy obektlariga hujum qilishi mumkinligini ko‘rsatuvchi yangi razvedka ma’lumotlariga ega. Bu haqda CNN telekanali vaziyatdan xabardor bo‘lgan Amerika rasmiylariga tayanib xabar bermoqda.
Manbalarga ko‘ra, Vashington va Tehron o‘rtasida yadroviy muzokaralar davom etayotgan bir paytda Isroil ehtimoliy harbiy operatsiyaga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Yuqori martabali amaldorlardan birining aytishicha, Isroil tomonidan hujum ehtimoli "sezilarli darajada oshgan" va bu diplomatik sa’y-harakatlarning natijasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Shuningdek, ta’kidlanishicha, agar AQSH Eronning uranni yanada boyitishiga yo‘l qo‘ysa, Isroilning ehtimoliy operatsiyasi ehtimoli oshadi.
Isroil manbalariga ko‘ra, agar muzokaralar Isroilda nomaqbul deb qabul qilinadigan kelishuvga olib kelsa, Tel-Aviv harbiy harakatlarga o‘tishga tayyor.
Eron va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida yadro dasturi bo‘yicha davom etayotgan muzokaralar uranni boyitish bo‘yicha keskin kelishmovchiliklar fonida boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.
Tehron yadroviy faoliyatni atom qurolini yaratish imkoniyatini istisno qiladigan darajada cheklash evaziga sanksiyalarni bekor qilishni talab qilmoqda. Biroq, ilgari uranni past darajada boyitishga yo‘l qo‘ygan AQSH rasmiylari endi Erondan boyitishning barcha shakllaridan butunlay voz kechishni talab qilishlarini aytmoqda.