AsosiyJamiyat

Toshkentda YTHlarning oldini olishga 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi

Yo‘llar bo‘ylab jami 5600 metrlik panjaralar o‘rnatiladi.

'Toshkentda YTHlarning oldini olishga 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi'ning rasmi

Toshkent shahrida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish uchun 2 milliard 44 million so‘m ajratiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimining kecha, 20 may kuni qabul qilingan “Mablag‘ ajratish” to‘g‘risidagi qarorida so‘z boradi.

Qarorga ko‘ra, ushbu mablag‘lar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash ishlari bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish uchun tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga asosan Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tuman Obodonlashtirish boshqarmalariga ajratiladi.

Uning 1 milliard 456 million so‘mi piyodalar bo‘yicha yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida ko‘cha va yo‘llar bo‘ylab temir panjara o‘rnatish uchun, 588 million so‘mi esa voyaga yetmaganlar o‘rtasida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida qavariq piyodalar o‘tish joylarini tashkil etishga yo‘naltiriladi. Yo‘llar bo‘ylab jami 5600 metrlik panjaralar o‘rnatiladi.

Poytaxtning 42 ta joyida qavariq piyodalar o‘tish joylari tashkil qilinadi. Jumladan, Olmazor tumanida 6 ta, Shayxontohur, Yunusobod, Sergeli, Mirobod tumanlarida 5 tadan, Bektemir tumanida 4 ta, Yashnobod va Chilonzor tumanlarida 3 tadan, Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy va Yangihayot tumanlarida esa 2 tadan qavariq piyodalar o‘tish joylari tashkil etiladi.

Ajratilgan mablag‘larning sarflanishi hamda bajarilgan ish hajmi bo‘yicha xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi va Toshkent shahar hokimligiga hisobot berib boriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Surxondaryoda odamlar qovundan zaharlangani rostmi?'ning rasmi

    Jamiyat 21.05.2025 20:33

    Surxondaryoda odamlar qovundan zaharlangani rostmi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga viloyat hokimligi oydinlik kiritdi.

    'Prezident Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni topshirish marosimida ishtirok etdi'ning rasmi

    Jamiyat 21.05.2025 18:15

    Prezident Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni topshirish marosimida ishtirok etdi

    Bu yil mukofotga taniqli turk biokimyogari, Nobel mukofoti sovrindori, O‘zbekiston Milliy universiteti faxriy doktori Aziz Sanjar sazovor bo‘ldi.

    'Buxoro an’anaviy Ipak va ziravorlar festivaliga tayyorgarlik ko‘rmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 21.05.2025 17:48

    Buxoro an’anaviy Ipak va ziravorlar festivaliga tayyorgarlik ko‘rmoqda

    Shu yilning 6-8 iyun kunlari qadimiy Buxoro shahrida XXI an’anaviy Ipak va ziravorlar festivali bo‘lib o‘tadi.

    'Bolalar oromgohlariga borish uchun qanday tibbiy ma’lumotnoma talab etiladi?'ning rasmi

    Jamiyat 21.05.2025 17:44

    Bolalar oromgohlariga borish uchun qanday tibbiy ma’lumotnoma talab etiladi?

    Canoqli kunlardan keyin bolajonlarning yozgi ta’til mavsumi boshlanadi. Bu davrda ular sog‘lomlashtirish oromgohlarida hordiq chiqarishni xush ko‘radi.

    'Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi'ning rasmi

    Jamiyat 21.05.2025 16:16

    Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Ishchi guruh o‘z faoliyatini Andijon, Surxondaryo, Xorazm va Jizzax viloyatlarida olib bordi'ning rasmi

    Jamiyat 21.05.2025 15:23

    Ishchi guruh o‘z faoliyatini Andijon, Surxondaryo, Xorazm va Jizzax viloyatlarida olib bordi

    Gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 105 ta gaz taqsimlash punktlari, 46 km. quvurlar kapital ta’mirlanib, soz holatga keltirildi.