AsosiyJamiyat

Imom Buxoriy majmuasi 19 mart kuni ochiladi

Samarqand viloyatida buyuk muhaddisga bagʻishlangan yodgorlik majmuasi foydalanishga topshiriladi.

'Imom Buxoriy majmuasi 19 mart kuni ochiladi'ning rasmi

Ertaga, 19 mart kuni Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi buyuk hadisshunos Imom Buxoriy yodgorlik majmuasining ochilish marosimi o‘tkaziladi. Bu haqda bugun, 18 mart kuni Narpay tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, so‘zining avvalida davlat rahbari yig‘ilganlarni kirib kelayotgan muborak Ramazon hayiti hamda qutlug‘ ayom – Navro‘zi olam bilan chin yurakdan tabriklagan. Samarqandga oxirgi tashrifdan so‘ng o‘tgan to‘rt oy ichida mamlakat hayotida katta o‘zgarishlar ro‘y bergani ta’kidlangan.

Shu haftaning o‘zida Olmaliq shahrida 3-mis boyitish fabrikasi ishga tushirildi, poytaxtda nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyoning ma’naviy xazinasi bo‘lgan Islom sivilizatsiyasi markazi ochildi.

Ertaga Payariq tumanida buyuk hadisshunos Imom Buxoriy yodgorlik majmuasining ochilish marosimi o‘tkaziladi.

“Aminmanki, bu muazzam ziyoratgoh xalqimiz bilan bir qatorda millionlab xorijiy turistlar tashrif buyuradigan tabarruk maskanga aylanadi”, deydi Prezident.

Shuningdek, Prezident belgilab olgan marralarga erishish uchun yanada samarali harakat qilish zarur ekanligini qayd etgan.

“Biz Vatanimiz kuch-qudratini oshirish, har bir oila va har bir insonning hayotini yaxshilash bo‘yicha yanada katta marralarni olganmiz. Bugun hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rib, bunga yana bir bor ishonch hosil qildim.

Ayni paytda shuni yaxshi anglashimiz kerak, endi kechagi harakat bugunga, bugungisi esa ertangi kun talabiga kamlik qiladi. Shu bois, belgilab olgan marralarga erishish uchun yanada samarali harakat qilishimiz zarur”, deydi davlat rahbari.

Samarqand ishsizlik, qashshoqlik, investitsiya, eksport masalalari, umuman, barcha sohada namunaviy viloyat bo‘lishi shartligi qayd etilgan.

Viloyatda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun 100 million dollar, Urgut tumanining o‘ziga yana 50 million dollar ajratilgan. Umuman, viloyatga barcha manbalar hisobidan 11 trillion so‘m yo‘naltirilmoqda. Tadbirkorlarga kredit uchun yana 18 trillion so‘m resurs berilmoqda.

Hajmi jihatidan bu miqdordagi mablag‘ har qachongidan ko‘ra ko‘proq ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:08

    'Isroil Livanga havo zarbasi berdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:05

    Isroil Livanga havo zarbasi berdi

    Hujum ortidan 30 dan ortik kishi halok bo‘ldi.

    'Surxondaryoda erkak o‘zini 7-qavatdan pastga ot'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:41

    Surxondaryoda erkak o‘zini 7-qavatdan pastga ot

    Voqea ortidan u voqea joyida halok bo‘ldi.

    'Ramazon hayiti 20 martda nishonlanadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:01

    Ramazon hayiti 20 martda nishonlanadi

    O‘zbekiston Prezidenti qaroriga ko‘ra, 2026 yil 20 mart kuni mamlakatimizda Ramazon hayiti keng nishonlanadi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:24

    'Dollar kursi yana oshdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:21

    Dollar kursi yana oshdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 19 martda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.