AsosiyJinoyat

So‘ngi bir haftada energiyaga 37,9 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilgani aytilmoqda.

'So‘ngi bir haftada energiyaga 37,9 mlrd so‘m zarar yetkazildi'ning rasmi

7 kun ichida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 92 ta holat aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 15,6 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (32,4 mlrd so‘m) va 1,8 mln metr kub tabiiy gaz (5,4 mlrd so‘m) talon-toroj qilinishi natijasida jami 37 mlrd 921 mln so‘m zarar qayta hisob-kitob qilingan.

Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 126 ta ma‘muriy ish rasmiylashtirilgan.

“Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi”,— deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar