AsosiyJinoyat

Қозоғистонда қоровул тасодифан бошлиғини отиб ўлдирди

Jambil viloyatidagi harbiy qismda qorovul tomonidan uzilgan o‘q tasodifan boshliqqa tegib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi. Hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

'Қозоғистонда қоровул тасодифан бошлиғини отиб ўлдирди'ning rasmi

15 mart kuni Qozog‘istonning Jambil viloyatida joylashgan 21742-sonli harbiy qismda baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi. Bu haqda “Hronika” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat taxminan 19:35 larda qorovulning uchinchi postida xizmat olib borayotgan qo‘riqlash xodimi J.A. tasodifan 7,62 mm kalibrli SKS karabinidan o‘q uzgan. Oqibatda o‘q qorovul boshlig‘i B.J.ga teggan.

Jabrlangan ogir ahvolda Gvardeyskiy posyolkasidagi harbiy gospitalga olib borilgan. Shifokorlarning barcha sa’y-harakatlariga qaramay, u soat 20:18 da vafot etgan.

Qayd etilishicha, hodisa ishtirokchilari harbiy xizmatchilar emas, balki Mudofaa vazirligi huzuridagi idoraviy qo‘riqlash xizmatida ishlovchi fuqarolik shaxslari bo‘lgan.

Hozirda voqea yuzasidan barcha holatlar aniqdanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Qirg‘izistonda mansabdor shaxs o‘z joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Farg‘onada muhandis 10 ming dollar pora talab qilgan vaqtida ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 17.03.2026 11:05

    Farg‘onada muhandis 10 ming dollar pora talab qilgan vaqtida ushlandi

    “Energosavdo” filiali muhandisi jarimani kamaytirib berish evaziga 10 ming dollar so‘rab, pulni olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

    'Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda sobiq soliqchi pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 09.03.2026 02:41

    Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda sobiq soliqchi pora bilan ushlandi

    Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda kadastr xodimi va sobiq soliq inspektorining noqonuniy harakatlari fosh etildi.

    'Qoʻshiqchi Rihannani oʻldirmoqchi boʻlishdi'ning rasmi

    Jinoyat 09.03.2026 01:41

    Qoʻshiqchi Rihannani oʻldirmoqchi boʻlishdi

    Uning uyiga qarata o‘q uzgan ayol qo‘lga olindi.

    '“O‘zavtoyo‘lbelgi” rahbariyatiga jinoyiy ish ochildi'ning rasmi

    Jinoyat 23.02.2026 13:26

    “O‘zavtoyo‘lbelgi” rahbariyatiga jinoyiy ish ochildi

    “O‘zavtoyo‘lbelgi” DUKning 3 nafar mansabdori turli moddalar bo‘yicha ayblanib, sud jarayoni boshlandi.

    '"Bishkeklik manyak" tergov izolyatorida o'lik holida topildi'ning rasmi

    Jinoyat 09.02.2026 13:52

    "Bishkeklik manyak" tergov izolyatorida o'lik holida topildi

    Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi 1-sonli tergov hbsxonasida “bishkezlik manyak” nomi bilan tanilgan Qumarbek Abdirov o‘lik holida topildi.

    'Surxondaryoda ekologiya idorasi mansabdorisi pora bilan ushlangan'ning rasmi

    Jinoyat 09.02.2026 02:26

    Surxondaryoda ekologiya idorasi mansabdorisi pora bilan ushlangan

    Surxondaryo viloyatida daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq holat bo‘yicha dalolatnomani o‘zgartirib berish evaziga pora talab qilgan mansabdor shaxs qo‘lga olindi.