AsosiyJamiyat

Toshkentdagi ko‘chalardan biri 21 maygacha yopildi

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

'Toshkentdagi ko‘chalardan biri 21 maygacha yopildi'ning rasmi

17 may kunidan e’tiboran Toshkent shahridagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi yopildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, qurilish-ta’mirlash ishlari tufayli Kichik halqa avtomobil yo‘lining Chingiz Aytmatov ko‘chasi kesishmasidan Oqqo‘rg‘on ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi 17 may soat 22:00 dan 21 may soat 06:00 gacha barcha transport vositalari harakati uchun yopildi.

Hokimlik ko‘rsatilgan davr mobaynida haydovchilarga muqobil yo‘nalishlardan foydalanishni tavsiya qilgan.

    Boshqa yangiliklar