AsosiyJamiyat

Qamchibek Tashiyev ikki jinoiy ish bo‘yicha so‘roq qilindi

Tashiyev xorijdan kelganidan so‘ng soat 10:00 atrofida darhol tergov idorasiga olib borilgan.

'Qamchibek Tashiyev ikki jinoiy ish bo‘yicha so‘roq qilindi'ning rasmi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq raisi Qamchibek Tashiyev 19 mart kuni mamlakatga qaytib, Ichki ishlar vazirligining Bosh tergov boshqarmasiga olib borildi va so‘roq qilindi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi.

Tashiyev xorijdan kelganidan so‘ng soat 10:00 atrofida darhol tergov idorasiga olib borilgan. Hozircha Ichki ishlar vazirligi bu ma’lumotni rasman tasdiqlamagan va Tashiyevning tergov doirasidagi protsessual maqomi ham ochiqlanmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u 17 fevraldan beri mamlakat tashqarisida bo‘lgan. Avval Germaniyada davolanishini to‘xtatib vataniga qaytgan, bir necha kundan so‘ng yana xorijga chiqqan.

10 fevral kuni Qamchibek Tashiyev Prezident Sadir Japarov farmoni bilan lavozimidan ozod etilgan va bu qarorini jamiyatda bo‘linishga yo‘l qo‘ymaslik istagi bilan izohlagan. Uning iste’fosidan so‘ng Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida bir qator lavozimlarda o‘zgarishlar amalga oshirilgan.

Qamchibek Tashiyev va Sadir Japarovning ko‘p yillik hamkorligi mamlakatdagi eng barqaror siyosiy tandemlardan biri hisoblanib kelgan. 2020 yil oktabr voqealaridan so‘ng ularning tandemlari yanada mustahkamlangan va Tashiyev xavfsizlik tizimining asosiy figurasi aylangan.

Hozirgi so‘roq jarayoni va unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari Qirg‘izistonda siyosiy va huquqiy jihatdan jiddiy ahamiyatga ega hisoblanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ҳайит намози вақтлари эълон қилинди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:59

    Ҳайит намози вақтлари эълон қилинди

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2026 yil Ramazon hayiti (Iydul Firt) 20 mart, juma kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan hayit namozi vaqtlarini belgilab chiqdi.

    'Imom Moturidiy majmuasi yangi qiyofaga kirmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:36

    Imom Moturidiy majmuasi yangi qiyofaga kirmoqda

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi davomida Imom Moturidiy yodgorlik majmuasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

    'Bayram arafasida qancha mahkum afv etildi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:05

    Bayram arafasida qancha mahkum afv etildi?

    Prezident farmoni bilan necha nafar mahkum ozod etilgani ma’lum bo‘ldi.

    'Umraga yuborishni va’da qilganlar rostdan ham jo‘natmoqchimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:40

    '70 yoshdan keyin ota bo‘lish mumkinmi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:21

    70 yoshdan keyin ota bo‘lish mumkinmi?

    Oʻzbekistonda 48 nafar erkakda shunday holat kuzatildi.

    'Uch viloyatda minglab qalbaki dorilar fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:12

    Uch viloyatda minglab qalbaki dorilar fosh etildi

    Hozirda barcha holatlar yuzasidan ekspertiza tayinlanib, tergovgacha qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.