Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda katta miqdorda sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan hamda yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalari aniqlandi.
Xususan, Kosonsoy tumanida 3 ta yashirin ombordan 57 mingdan ortiq, Qarshi tumanida noqonuniy dorixonadan 1,5 mingdan ziyod, Samarqand shahrida esa 14 mingdan ortiq dori vositalari musodara qilindi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan ekspertiza tayinlanib, tergovgacha qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.






