AsosiyJamiyat

Navoiyda oltin o‘g‘rilari qo‘lga tushdi

3 nafar o‘g‘ri Navoiy KMKning ishchisi bo‘lgan. Ular til biriktirib, tarkibida sof oltin bo‘lgan 2 kg yarim tayyor mahsulotni o‘g‘irlamoqchi bo‘lishgan.

'Navoiyda oltin o‘g‘rilari qo‘lga tushdi'ning rasmi

DXX Matbuot xizmatining xabar berishicha, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli 3-sonli Gidrometallurgiya zavodida faoliyat yurituvchi 2 nafar smena ustasi va 1 nafar bo‘linma apparatchisi oson boylik orttirish niyatida o‘zaro oldindan til biriktiradi.

Ular kelgusida talon-toroj qilish maqsadida tarkibida ko‘p miqdorda oltin moddasi mavjud bo‘lgan og‘irligi 2 kg yarim tayyor mahsulotni zavod ichidagi havo tozalash quvuriga yashirib qo‘yishadi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Oltin ilinji”dagi ushbu shaxslarning noqonuniy harakatlariga nuqta qo‘yildi.

Tegishli xulosaga ko‘ra, mazkur yarim tayyor mahsulot tarkibida jami 1 kg 523 gramm sof oltin borligi aniqlanib, uning bahosi 2 mlrd 102 mln so‘mni tashkil etadi.

Holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25, 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Jahon banki O‘zbekistonga elektr tarmoqlari modernizatsiyasi uchun 100 mln dollar ajratadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:04

    Jahon banki O‘zbekistonga elektr tarmoqlari modernizatsiyasi uchun 100 mln dollar ajratadi

    Mablag‘lar elektr energiyasi ta’minoti ishonchliligini oshirishga yo‘naltiriladi.

    'Jizzaxdagi choyxonada yong‘in yuzaga keldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:00

    Jizzaxdagi choyxonada yong‘in yuzaga keldi

    Holat yuzasidan viloyat FVB xabar berdi.

    'Toshkentdagi salonda ayolning yuzi kuydirib qo‘yildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:15

    Toshkentdagi salonda ayolning yuzi kuydirib qo‘yildi

    Xizmat tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirilganligi sabab Raqobat qo‘mitasi tomonidan to‘plangan ish hujjatlari Bosh prokuraturaga yuborilgan.

    'Namanganda plastik kartadan 100 mlnga yaqin pul o‘g‘irlagan yigit qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:09

    'Bugun harorat 40 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:02

    Bugun harorat 40 darajagacha ko‘tariladi

    17 may kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    'Yengil huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etganlarga ogohlantirish beriladi'ning rasmi

    Jamiyat 16.05.2025 18:55

    Yengil huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etganlarga ogohlantirish beriladi

    Ma’muriy jazolar tizimiga yangi – “ma’muriy ogohlantirish” ta’sir chorasini kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.