Kecha, 14-may kuni Samarqand viloyatida yuk mashina 159 diametrli gaz quvurini urib ketdi. Bu haqida “Hududgaztaminot ” AJ ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, voqea soat 20:30 lar atrofida Samarqand shahar "Sartepo" massivida yuz bergan. Mazkur hududdan harakatlanib kelayotgan Yuk avtomashinasi 159 diametrli gaz quvurini urib ketgan.
Hodisa ortidan Sa’diy Sheroziy, "Guliston", Hofiz Sheroziy, Botir Zokirov, "Xo‘jasoat" ,"Yangiqo‘rg‘on" hamda "Shodlik" mahallalarida 15-may kuni soat 18:00 gacha tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.
Shuningdek ma’lumotda ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanishi aytilgan.