Angliya poytaxti Londonda kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilgan “Veymar uchburchagi” (“Veymar+”) uchrashuvida ishtirokchilar Rossiyani Ukrainada zudlik bilan va shartsiz tarzda 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.
Ularning fikricha, bu vaqt tinchlik bo‘yicha “adil, to‘liq va barqaror” muzokaralar uchun imkon yaratadi.
“Rossiya hozircha murosaga erishish borasida jiddiy harakat qilayotganini ko‘rsatmayapti”, – deyiladi bayonotda.
“Veymar+” guruhi tarkibiga Germaniya, Fransiya va Polshadan tashqari Buyuk Britaniya, Italiya va Ispaniya, shuningdek, YeI tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaja Kallas ham kiradi.
Muzokaralarda Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Sibiga vakillik qildi.
Germaniya hukumati 2025 yilda Ukrainaga beriladigan yordamni yana 3 milliard yevroga oshirishini ma’lum qildi. Bu mablag‘lar ilgari va’da qilingan 40 million yevro miqdoridagi gumanitar yordamdan tashqari ajratiladi.
Londondagi uchrashuv davomida Yevrokomissiyaning Yevropa mudofaasini mustahkamlashga oid asosiy loyihalari ham muhokama qilindi. Ular qatorida SAFE (Xavfsizlik va harakatlar) mexanizmi hamda EDIP (Yevropa mudofaa sanoati dasturi) bor.