Germaniyada “AdG” partiyasiga qarshi 50 dan ortiq miting o‘tkazildi. Berlin, Myunxen va Essen shaharlarida har bir mitingda 2,5-3 minggacha odam qatnashdi. Yana ko‘plab namoyishlar Gamburg, Kyoln va Frankfurtda ham bo‘lib o‘tdi.
Miting ishtirokchilari “AdG” partiyasini ekstremistik deb tan olib, uni butunlay taqiqlashni talab qilishdi.
2-may kuni Germaniya Konstitutsiyani himoya qilish xizmati “AdG” partiyasini o‘ng ekstremist partiya sifatida ro‘yxatga oldi. Ammo partiya sudga murojaat qildi va bu qarorni siyosiy bosim deb atadi. Sud qarori chiqquniga qadar “AdG”ga nisbatan bu maqom vaqtincha to‘xtatildi.