AsosiyJamiyat

Samarqanddagi uyda gaz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni ortdi

Avvalroq, Samarqandda 3 qavatli uyda portlash sodir bo‘lgani, hodisa oqibatida 6 kishi vafot etgani haqida xabar bergan edik.

'Samarqanddagi uyda gaz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni ortdi'ning rasmi

Samarqanddagi uylarning birida sodir bo‘lgan gaz portlashi oqibatida vafot etganlar soni 7 kishiga yetdi. Bu haqda “Millar” dasturida ma’lum qilindi. 

Samarqand shahrining “Bog‘isaroy” MFY, Spitamen ko‘chasida joylashgan uylarning birida gaz portlashi 8 maydan 9 mayga o‘tar kechasi sodir bo‘lgandi. Portlash natijasida hosil bo‘lgan kinetik zarbadan uyning temir-beton konstruksiyalari qulashi oqibatida, 1, 2, 3-qavatlari va yerto‘la qismi zararlangan. Yong‘in sodir bo‘lmagan.

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan. Olib borilgan harakatlar natijasida vayronalar ostidan dastlab 6 nafar fuqaroning jasadi topilgandi. “Millar” dasturida ma’lum qilinishicha, 9-may kuni xonadon vayronalari ostidan yettinchi murda ham olib chiqildi.

Ayni paytda holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar