AsosiyJamiyat

Zelenskiy O‘zbekiston, Eron va Xitoy kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritdi

O‘zbekistonning "qora ro‘yxat"ga tushgan kompaniyalari nomi e’lon qilindi.

'Zelenskiy O‘zbekiston, Eron va Xitoy kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritdi'ning rasmi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy O‘zbekiston, Eron va Xitoy kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritdi. “Qora ro‘yxat” Ukraina davlat rahbarining №301/2025 farmoni bilan tasdiqlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jami 58 nafar jismoniy va 74 nafar yuridik shaxsga nisbatan jazo choralari qo‘llanilgan, ulardan 67 nafari harbiy texnologiyalarga tegishli. Bundan tashqari, hujjatda O‘zbekistonning uchta, Eronning va Xitoyning bittadan kompaniyasi nomi tilga olingan.

O‘zbekistondagi quyidagi korxonalar “qora ro‘yxat”ga tushgan:

“Farg‘ona kimyo zavodi” MCHJ (Farg‘ona)

“Raw materials cellulose” MCHJ (Jizzax)

“Mercury Renaissance” MCHJ QK (Toshkent)

Shuningdek, o‘zbekistonlik Rustam Mo‘minov ham Ukraina sanksiyalari ostida qolgan.

Sanksiyalarning asosiy cheklovlariga quyidagilar kiradi:

savdo operatsiyalarini to‘liq tugatish;

resurslar tranziti, reyslar va Ukraina hududi orqali tashishni cheklash yoki to‘liq to‘xtatish;

kapitalni chet elga olib chiqishni taqiqlash;

iqtisodiy va moliyaviy majburiyatlarni to‘xtatib turish;

texnologiyalar va intellektual mulk huquqlarini uzatishni taqiqlash;

Ukrainaga kirish vizalarini bekor qilish va boshqa cheklovlar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda BMW va Tracker YTHga uchradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:12

    Toshkentda BMW va Tracker YTHga uchradi

    Hodisa kecha tunda Yashnobod tumanida sodir bo'lgan.

    'Bugun respublikada yog'ingarchiliksiz, biroz iliq havo harorati hukmron bo'ladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:16

    Bugun respublikada yog'ingarchiliksiz, biroz iliq havo harorati hukmron bo'ladi

    "O'zgidromet" 23 noyabr kungi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Namanganda qoidabuzar haydovchini toʻxtatishga uringan YPX xodimi vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 19:59

    Namanganda qoidabuzar haydovchini toʻxtatishga uringan YPX xodimi vafot etdi

    Onix haydovchisi xodimning toʻxtash ishorasiga boʻysunmay, tezlikni oshirgan va YPX xodimini mashinada urib ketgan.

    '1 dekabrdan AI-80 benzini sotuvdan olib tashlanadi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 18:55

    1 dekabrdan AI-80 benzini sotuvdan olib tashlanadi

    Poytaxt va uning atrofidagi issiqxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror ta'minlash bo‘yicha bir qator takliflar ishlab chiqiladi. Prezident qarori bilan yangi choralar e’lon qilindi.

    'Rossiyadan noqonuniy olib kirilayotgan 2 mlrd soʻmlik tibbiy buyum va dorilar chegaradan oʻtolmadi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 14:33

    Rossiyadan noqonuniy olib kirilayotgan 2 mlrd soʻmlik tibbiy buyum va dorilar chegaradan oʻtolmadi

    "Volgograd-Toshkent" yo'nalishida harakatlanib kelayotgan poezd Qoraqalpog'istonda tekshirilganda 2 ta vagonda noqonuniy tibbiy buyum va dorilar borligi aniqlandi.

    'Andijonda IIO xodimi xizmat uyida is gazidan zaharlanib vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 13:32

    Andijonda IIO xodimi xizmat uyida is gazidan zaharlanib vafot etdi

    Uyda uning yonida 2 nafar farzandi bo'lgan. Farzandlaridan biri ham zaharlanish oqibatida vafot etgan. Ikkinchisi shifoxonada davolanmoqda.