AsosiyDunyo

Rossiya Ukrainaga dronlar bilan hujum qildi

Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya qo‘shinlari Xarkov shahrini nishonga olgan.

'Rossiya Ukrainaga dronlar bilan hujum qildi'ning rasmi

Rossiya qo‘shinlari Xarkov shahriga dronlar yordamida hujum uyushtirdi. Xarkov viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning so‘zlariga ko‘ra, shaharga jami 20 ta uchuvchisiz uchuvchi apparat (dron) yuborilgan.

Hujum oqibatida to‘rt kishi tan jarohati olgan. Xarkovning Kiyev tumanida joylashgan eng yirik bozorlardan biri — Barabashovo bozori dron zarbasidan keyin yongan.

Favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in natijasida 20 ta savdo nuqtasi butunlay yonib ketgan, yana 90 tasi turli darajada zarar ko‘rgan. Yong‘in maydoni 500 kvadrat metrni tashkil qilgan.

    Boshqa yangiliklar