AsosiySport

"Bavariya" yana Germaniya chempioni bo‘ldi

Myunxenning “Bavariya” klubi Germaniya chempionligini 34-bor qo‘lga kiritdi.

'"Bavariya" yana Germaniya chempioni bo‘ldi'ning rasmi

Bundesliganing 32-turida “Bavariya” “RB Leyptsig” bilan durang o‘ynadi. Shunga qaramay, ularning asosiy raqibi — Leverkuzenning “Bayer” klubi ham ochko yo‘qotdi. Bu esa “Bavariya”ga chempionlikni muddatidan oldin qo‘lga kiritish imkonini berdi.

Endi turnir yakuniga ikki tur qolgan bo‘lsa-da, “Bavariya” raqiblar uchun yetib bo‘lmas peshqadamga aylandi — ular ikkinchi o‘rindagi jamoadan 8 ochkoga oldinda.

Qayd etish joiz, o‘tgan mavsumda Germaniya chempioni aynan “Bayer” bo‘lgan edi. Ular “Bavariya”ning 11 yil ketma-ket davom etgan chempionlik seriyasiga barham bergandi. Bu yil esa “Bavariya” chempionlikni qaytarib oldi.

    Boshqa yangiliklar