Joriy yilning 30 aprel kuni Chinoz tumanida yashagan 1995 yilda tug‘ilgan ayol "Toshkent-Samarkand" yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan tez yurar yo‘lovchi poyezdi tagiga o‘zini tashlashi oqibatda vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tekshirish o‘tkazilib, sodir bo‘lgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda.