Zelenskiy 30-aprel kuni Ukraina hamkorlari bilan ko‘plab texnik, birinchi navbatda diplomatik ishlarni amalga oshirganini bildirdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida mas’lum qildi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan har qanday formatdagi muzokaralarga tayyorligini aytdi. Shuningdek, siyosatchi mamlakatga zarba berishni to‘xtatishga chaqirgan.
Zelenskiy 30-aprel kuni Ukraina hamkorlari bilan ko‘plab texnik, birinchi navbatda diplomatik ishlarni amalga oshirganini aytgan.
Yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar va muzokaralarga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Xavfsizlik — asosiy ustuvor yo‘nalish, deydi u.
Siyosatchi Lyuksemburg tashqi ishlar va mudofaa vazirlari bilan suhbatlashganini aytgan.
Muzokaralarda Yevropadagi davlatlarning o‘zaro hamkorligi va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash muhokama qilingan. Tomonlar o‘t ochishni kamida 30 kunga to‘xtatish zarurligini ma’lum qilgan.
Zarbalarni to‘xtatish, qotilliklarni to‘xtatish va shundan so‘ng muzokaralar stolida yechim izlash kerak.
Biz suhbatning har qanday formatiga tayyormiz. Rossiya zarbalar va urushni to‘xtatishi kerak, degan prezident.
29-aprel kuni Zelenskiy zudlik bilan 30 kunlik sulh taklif qilgan edi. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi istalgan sanadan boshlanishi mumkin bo‘lgan 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa bu masalada nyuanslarni hisobga olish muhimligini ta’kidlagan.