AsosiyJinoyat

Toshkentdagi chorrahada YPX inspektorini “Tracker” urib yubordi

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

'Toshkentdagi chorrahada YPX inspektorini “Tracker” urib yubordi'ning rasmi

Joriy yilning 23-aprel kuni Toshkentdagi chorrahada YPX inspektorini “Tracker” urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, soat 08:30 atrofida poytaxtning Do‘rmon yo‘li va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasidagi chorrahada xizmat olib borayotgan YPX inspektori — serjant Anvar Toshtemirovni “Tracker” urib ketgan.

Shifoxonaga olib borilgan inspektorga o‘ng va chap qo‘l ko‘plab shilinmalari, chap chanoq suyagining bir necha joydan sinishi, chap tizza sohasi va oyoq yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi tashxisi qo‘yilgan.

“Tirbandlikning oldini olish maqsadida chorrahaga chiqib, uning markazida o‘zimga qulay joyni tanladim. Uchinchi qatordan keldimi yoki to‘rtinchi qatordan, bilmayman, Tracker kelib urdi. O‘sha yerdagi hamkasblarim, Milliy gvardiya, hammasi kelib, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatdi”, — deydi inspektor.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar