AsosiyDunyo

Ispaniyada chiroq o‘chib qolgani sababli poyezdlar harakati to‘xtadi

Shuningdek, Madriddagi xalqaro aeroport elektr ta’minotisiz qoldi.

'Ispaniyada chiroq o‘chib qolgani sababli poyezdlar harakati to‘xtadi'ning rasmi

Ispaniyada elektr energiyasining keng ko‘lamli o‘chirilishi mamlakatda poyezdlar harakati butunlay to‘xtab qolishiga olib keldi. Bu haqda Ispaniyaning Renfe temir yo‘l operatori ma’lum qildi.

"Soat 12:30 da butun milliy elektr tarmog‘ida energiya uzilishi sodir bo‘ldi. Poyezdlar barcha stansiyalarda to‘xtatilgan va jo‘natilmayapti," - deyiladi uning X tarmoqdagi xabarida.

Bundan tashqari, Madriddagi Baraxas xalqaro aeroporti elektr ta’minotisiz qoldi, deb xabar berdi Euronews telekanali.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, elektr ta’minotidagi uzilish boshqa aeroportlar faoliyatida ham uzilishlarga olib kelgan. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniya va Portugaliya poytaxtlarida metro harakati to‘xtatilgan, poyezdlar bekatlar orasidagi tunnellarda qolib ketgan.

Avvalroq TASSning Madriddagi muxbiri Ispaniya poytaxtida elektr ta’minotidagi uzilish tufayli deyarli ishlamayotganini xabar bergan edi.

    Boshqa yangiliklar