“O‘zgidromet” 28 aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat: kechasi 20-22 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat: kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar yuzaga kelishi ehtimoli bor. Harorat: kechasi 18-23 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat: kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar bilan kechishi ehtimoli mavjud. Harorat: kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat: kechasi 12-17 daraja, kunduzi 30-35 daraja.
Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi. Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari ehtimoli mavjud. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat: kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja.