AsosiyJamiyat

O‘zbekistonga bojsiz olib kiriladigan tamaki, alkagol va biologik moddalar miqdori tasdiqlandi

Bu boradagi hukumat qarori qabul qilindi.

'O‘zbekistonga bojsiz olib kiriladigan tamaki, alkagol va biologik moddalar miqdori tasdiqlandi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan jismoniy shaxslar tomonidan respublikaga bojsiz olib kiriladigan ayrim tovarlarning cheklangan quyidagi miqdoriy normalari tasdiqlandi

Alkogol mahsuloti, shu jumladan, pivo – 2 litr;

Sigaret – 200 dona;

Sigara – 5 dona;

Tamaki – 100 gr;

Atir va ifor tarqatuvchi suvlar – 3 dona (300 ml.dan oshmagan miqdorda);

Biologik faol qo‘shimchalar:

suyuq holatida va sirop shaklida –10 dona flakonda;

kukun holatida – 0,5 kg;

tabletka –100 dona;

kapsula –100 dona yoki 4 dona PET idishlarda;

quritilgan holatda (o‘simlik guli, tana qismi va ildizi) – 0,5 kg.

Alkogol va tamaki mahsulotlari bojsiz olib kirish normalaridan ortiq notijorat maqsadlarda olib o‘tilayotganda tovarlarga yagona bojxona to‘lovi ikki barobar miqdorda belgilanadi. Mazkur norma 2025 yil 1 maydan kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar