AsosiyJamiyat

IIB qidiruvidagi shaxs Navoiyda qo‘lga olindi

Ayni paytda ushbu shaxs tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

'IIB qidiruvidagi shaxs Navoiyda qo‘lga olindi'ning rasmi

Buxoro viloyatida firibgarlik jinoyatini sodir etishda gumon qilinib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qidiruvida bo‘lgan shaxs Navoiyda qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, u T.Yu. ismli ushbu shaxsga Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilib, tergovdan yashiringani uchun G‘ijduvon tumani IIB tomonidan qidiruv e’lon qilingan. Tumanning Zarangari mahalalasida ro‘yxatda turuvchi bu shaxsning Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi yashiringan manzili aniqlanib, o‘sha yerda ushlangan.

Ayni paytda u tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar