AsosiyJamiyat

Toshkentdagi savdo majmuasida farrosh ayol lift qisib qolishi oqibatida vafot etdi

Ayol lift oynalarini tozalayotgan paytda eshiklari yopilib, tepaga ko‘tarila boshlagan.

'Toshkentdagi savdo majmuasida farrosh ayol lift  qisib qolishi oqibatida vafot etdi'ning rasmi

2025 yil 3 fevral kuni soat 11:10 da Olmazor tumani "Chilto‘g‘on" MFY hududida joylashgan “Riviera” savdo majmuasida farrosh bo‘lib ishlovchi 1979 yilda tug‘ilgan Sh.M. liftdagi oynalarni tozalayotganda, eshik qisib vafot etdi. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov darakchi.uz ga ma’lum qildi.

Ayol shaxtaning burchak qismida turgan vaqtida, lift eshiklari yopilib, lift tepaga qarab harakatlanishni boshlagan. Liftni harakatga keltiruvchi qismi bo‘lgan toshlar pastga, ya’ni Sh.M. turgan joyga qarab harakatlanib, uni qisib qolgan. Oqibatda ayol vafot etgan.

Aniqlanishicha, Sh.M. mazkur majmuasiga 2020 yilda farrosh lavozimiga ishga qabul qilingan.

Voqea joyiga tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqishgan. Voqea joyi ko‘zdan kechirilib, voqea tasvirlangan videoyozuvlar bayonnoma asosida olingan, marhumaning vafot etganligi holati bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

    Boshqa yangiliklar