AsosiyDunyo

Isroilda Netanyaxuning rafiqasiga qarshi tergov boshlandi

U erining sobiq yordamchisidan Binyamin Netanyaxu ishi bo‘yicha asosiy guvoh bo‘lgan Xadas Klyaynga qarshi norozilik namoyishlari va internet kampaniyasi uyushtirishni so‘ragan.

'Isroilda Netanyaxuning rafiqasiga qarshi tergov boshlandi'ning rasmi

Isroil davlat prokuraturasi Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning rafiqasi Saraga nisbatan jinoiy tergov boshlanganini rasman e’lon qildi. 

U erining asosiy guvohlariga qarshi kampaniyalar uyushtirganlikda va sud jarayoniga aralashganlikda gumon qilinmoqda. Tergov 12-telekanaldagi reportajdan so‘ng boshlangan. Jurnalistlar surishtiruvi natijalariga ko‘ra, Sara erining sobiq yordamchisidan Binyamin Netanyaxu ishi bo‘yicha asosiy guvoh bo‘lgan Xadas Klyaynga qarshi norozilik namoyishlari va internet kampaniyasi uyushtirishni so‘ragan.

Tergovga Isroil Bosh prokuraturasining politsiya va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari jalb etilgan. Tergovni boshlash to‘g‘risidagi ko‘rsatmani bosh prokuror Gali Baharav-Miara 26 dekabrda bergan. Sara Netanyaxuning advokati ishni siyosiy motivli va noxolis deb hisoblab, tergovni “siyosiylashtirilgan jodugarlar ovi” deb atagan.

2019 yilda Sara Netanyaxu taxminan 50 ming dollar miqdoridagi davlat mablag‘larini maqsadsiz sarflaganlikda aybdor deb topilgandi. O‘shanda bosh vazirning rafiqasiga 55 ming shekel (15 ming dollar) miqdorida jarima solishga qaror qilingan.

Isroil bosh vaziriga qarshi ayblov

Binyamin Netanyaxuning korrupsiya ishi bo‘yicha sud jarayoni 2020 yil yanvarda boshlandi. Bu Isroil tarixida birinchi marta amalda bo‘lgan bosh vazirning ayblanuvchi sifatida sudga tortilishi edi. Unga firibgarlik, ishonchni suiiste’mol qilish va poraxo‘rlik ayblari qo‘yilmoqda. Netanyaxu o‘ziga qarshi qo‘yilgan barcha ayblovlarni bir necha bor rad etib, o‘zini aybdor deb tan olmagan.

10 dekabr kuni Binyamin Netanyaxu Tel Aviv okrug sudida korrupsiya, firibgarlik va mansabni suiiste’mol qilish bo‘yicha uchta ish yuzasidan birinchi marta ko‘rsatma berdi. U barcha ayblovlarni rad etib, o‘ziga qarshi qo‘zg‘atilgan ishlarni bema’nilik va siyosiy ta’qib deb atadi. Netanyaxu 3 fevral kuni AQSHga tashrif buyurishi kutilmoqda. Shu tufayli sud majlisi bir haftaga qoldirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qozoqistonlik o'qituvchilar ChatGPT'dan bepul foydalanadi'ning rasmi

    Dunyo 07.11.2025 17:46

    Qozoqistonlik o'qituvchilar ChatGPT'dan bepul foydalanadi

    Qozogʻiston hukumatı OpenAI bilan taʼlim tizimida sunʼiy intellektni joriy etish boyicha memorandum imzoladı.

    'Kaddafiyning o‘g‘li Hannibal ozod qilindi'ning rasmi

    Dunyo 07.11.2025 17:25

    Kaddafiyning o‘g‘li Hannibal ozod qilindi

    Hannibal 2015 yildan beri hibsda edi.

    'Filippindan keyin "Kalmegi" tayfuni Vyetnamga ham yetib bordi'ning rasmi

    Dunyo 07.11.2025 16:57

    Filippindan keyin "Kalmegi" tayfuni Vyetnamga ham yetib bordi

    Tabiiy ofat ortidan kamida besh kishi halok bo‘lgan, yana yetti nafar jarohat olgan.

    'Tesla Ilon Maskni 1 trln dollar bilan mukofotlashni ma'qulladi'ning rasmi

    Dunyo 07.11.2025 15:47

    Tesla Ilon Maskni 1 trln dollar bilan mukofotlashni ma'qulladi

    Tesla investorlari kompaniya rahbari Elon Maskni boshqaruvidagi yutuqlari uchun deyarli bir trillion dollarlik mukofotga lo‘yiq deb topdi.

    'Imperatorning yoʻqolgan olmasi 100 yildan keyin topildi'ning rasmi

    Dunyo 07.11.2025 15:01

    Imperatorning yoʻqolgan olmasi 100 yildan keyin topildi

    1918 yildan beri yo'qolgan deb hisoblangan Florensiya olmosi Kanadaning Kvebek shahridagi bank omboridan topildi.

    'Indoneziyadagi masjidda portlash sodir boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 07.11.2025 14:27

    Indoneziyadagi masjidda portlash sodir boʻldi

    Ushbu mudhish hodisa ortidan 54 kishi jarohatlandi.