AsosiyDunyo

Suriyaning yangi tayinlangan prezidenti Saudiya Arabistoniga safar qildi

Mazkur tashrif Suriyaning mintaqaviy va xalqaro mavqeini tiklash yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.

'Suriyaning yangi tayinlangan prezidenti Saudiya Arabistoniga safar qildi'ning rasmi

Suriya prezidenti Ahmad Ash-Shara’a 2025 yil 2 fevral kuni Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi buyurdi. Bu yangi prezidentning xorijga ilk Saudiya Arabistoniga qilingan birinchi tashqari safar bo‘lib, u yerda u Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur tashrif Suriyaning mintaqaviy va xalqaro mavqeini tiklash yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi. 2011 yilda boshlangan fuqarolik urushidan keyin Suriya ko‘pchilik arab davlatlari tomonidan izolyatsiyaga uchragan edi.

Muhammad bin Salmon va Ash-Shara’a rasmiy uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy xamkorlik va insoniy yordam masalalarini muhokama qilishdi. Ikki tomon ham Suriyadagi gumanitar inqirozni tugatish va barqarorlikka erishish uchun hamkorlikda ishlashning ahamiyatini ta’kidlashdi.

Bu uchrashuv Suriyaning arab dunyosiga qaytishining belgisi hisoblanadi. Saudiya Arabistonining rasmiy vakillari bu safarni "mintaqadagi barqarorlik va hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam" deb baholamoqda. 

Suriya prezidentining Saudiya Arabistoniga safari mintaqaning siyosiy va iqtisodiy mavqesining o‘zgarayotganining ifodasidir. Bu tashrif kelajakda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning yanada rivojlanishiga zamin bo‘lishi aytilmoqda.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AQSh razvedkasi Trumpning Eron raketalari haqidagi so‘zlarini tasdiqlamaydi'ning rasmi

    Dunyo 27.02.2026 14:52

    AQSh razvedkasi Trumpning Eron raketalari haqidagi so‘zlarini tasdiqlamaydi

    AҚШ разведкаси Доналд Трампнинг "Эрон тез орада АҚШ ҳудудига етиб борадиган ракеталарга эга бўлади" деган даъвосини тасдиқламайди.

    'Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi'ning rasmi

    Dunyo 27.02.2026 07:06

    Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi

    Microsoft asoschisi Jeffri Epshteyn bilan munosabatlari bo‘yicha izoh berib, yetarlicha tekshiruv o‘tkazmaganini tan oldi va uzr so‘radi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 27.02.2026 06:33

    ''ning rasmi

    Dunyo 26.02.2026 13:46