AsosiySiyosat

Maltaning O‘zbekistondagi elchixonasiga yangi Elchi tayinlandi

Ikki davlat o‘rtasida diplomatik pasport egalari uchun o‘zaro vizasiz rejim joriy qilish to‘g‘risida Bitim imzolandi.

'Maltaning O‘zbekistondagi elchixonasiga yangi Elchi tayinlandi'ning rasmi

Maltaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi Karmelo Inguanez ishonch yorliqlarini O‘zbekiston TIV vaziriga topshirdi. Bu haqda Baxtiyor Saidov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarning huquqiy asoslarini mustahkamlash, parlamentlar o‘rtasida do‘stlik guruhlarini tashkil etish, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, turizmni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sohasida aloqalarni jadallashtirish va tomonlar munosabatlarini yuksaltirishga qaratilgan boshqa yo‘nalishlar muhokamasi joy oldi.

Shuningdek, elchi va vazir o‘rtasida diplomatik pasport egalari uchun o‘zaro vizasiz rejim joriy qilish to‘g‘risida Bitim imzolandi.

    Boshqa yangiliklar