AsosiyJinoyat

Samarqandlik narkojinoyatchilar 16 yilga qamaldi

Ular tojikistonlik narokur’erlar yetkazib bergan “opiy” moddasini chegaradan olib o‘tayotganda qo‘lga tushgan.

'Samarqandlik narkojinoyatchilar 16 yilga qamaldi'ning rasmi

Narkojinoyatchilar 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda huquq-tartibot idoralari darakchi.uz’ga xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi, 2005 y.t. D.A. hozirda jinoyat ishining unga nisbatan qismi alohida ish yurituviga ajratib olingan shaxsning topshirig‘iga ko‘ra,Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyati Panjikent tumaniga borib, narkosavdogardan avvaldan 100 ming AQSH dollariga sotib olishga kelishilgan 20 kg. 747 gr. “opiy” moddasi uchun 20 ming AQSH dollari beradi.

So‘ngra, giyohvandlik vositasini “o‘zbek-tojik” davlat chegarasiga yaqin bo‘lgan joyga yetkazib berishi kerakligini aytib, O‘zbekistonga qaytadi.

Oradan bir kun o‘tib, D.A. o‘zining jinoiy sherigi bo‘lgan Tojikiston Respublikasifuqarosi, 1995 y.t. S.M. bilan aylanma yo‘llar orqali Panjikent tumaniga boradi va kelishilgan manzilga narokur’erlar yetkazib bergan 20 kg. 747 gr. “opiy” giyohvandlik vositasini qabul qilib olib, O‘zbekiston hududiga qaytib o‘tgan vaqtlarida, qo‘lga olinadi.

Holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida olib borilgan tergov jarayonlaridaushbu noqonuniy ishga Urgut tumanida yashovchi, 1992 y.t. J.R. ham aloqadorligi ma’lum bo‘ldi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudi tomonidan fuqarolar D.A. va S.M.lar Jinoyat Kodeksining 25,273, 223 va 246-moddalaridanazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, ularning har biri 16 yil 6 oy muddatga, fuqaro J.R. esa Jinoyat Kodeksining 28,25,273 va 28,246-moddalari bilan aybdor deb topilib, 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Andijonda mahalla raisi va hokim yordamchisi ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat Bugun 02:54

    Andijonda mahalla raisi va hokim yordamchisi ushlandi

    Andijon tumanida 30 sotix yerni noqonuniy rasmiylashtirib berish uchun katta miqdorda pul talab qilgan ikki mansabdor qo‘lga olindi.

    'Elektr tarmoqlari korxonasi muhandislarining noqonuniy harakatlari fosh etildi'ning rasmi

    Jinoyat 25.04.2026 03:28

    Elektr tarmoqlari korxonasi muhandislarining noqonuniy harakatlari fosh etildi

    Ular 400 mln so‘m jarimani 65 mln so‘mga kamaytirib berish evaziga 8 ming AQSh dollari talab qilgan.

    ''ning rasmi

    Jinoyat 23.04.2026 06:42

    'Namanganda qurilish sohasida korrupsion holat fosh etildi'ning rasmi

    Jinoyat 23.04.2026 02:31

    Namanganda qurilish sohasida korrupsion holat fosh etildi

    Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma'lum qildi.

    'Hajga noqonuniy yuborishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jinoyat 20.04.2026 02:29

    Hajga noqonuniy yuborishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi

    Namanganda 4 nafar fuqaroni “Haj-2026” mavsumida Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilib, katta miqdorda pul talab qilgan shaxs tezkor tadbirda ushlandi.

    'Sirdaryoda sudya va bank xodimi pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 15.04.2026 04:44

    Sirdaryoda sudya va bank xodimi pora bilan ushlandi

    Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.