AsosiySiyosat

Xalqaro hamkorlardan Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar keldi

Xorijiy yetakchilar O‘zbekiston Prezidenti va ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, baxt-saodat, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tilaklarini izhor etmoqda.

'Xalqaro hamkorlardan Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar keldi'ning rasmi

Kirib kelgan yangi - 2025 yil munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, parlamentlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, global moliyaviy institutlar rahbarlari, taniqli siyosatchilar, jamoat va din arboblaridan samimiy tabrik va tilaklar kelmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Xalqaro hamkorlar o‘z qutlovlarida mamlakatimiz yetakchisi rahbarligida Yangi O‘zbekistonda siyosiy yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani, davlatning jahon miqyosidagi nufuzi va mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladigan faol, konstruktiv va pragmatik tashqi siyosat olib borilayotganini qayd etmoqda.

Xorijiy yetakchilar O‘zbekiston Prezidenti va ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, baxt-saodat, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tilaklarini izhor etmoqda.

Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish;

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin;

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin;

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko;

Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan;

Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;

Turkiya Respublikasi PrezidentiRejep Tayyip Erdog‘an;

Yaponiya Bosh vaziri Sigeru Isiba;

Hindiston Respublikasi Bosh vaziriNarendra Modi;

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Bosh vaziri Kir Starmer;

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;

Misr Arab Respublikasi PrezidentiAbdulfattoh as-Sisi;

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon;

Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux;

Kuvayt Davlati Amiri Mish’al al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;

Indoneziya Respublikasi PrezidentiPrabovo Subianto;

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tebbun;

Ispaniya Qiroli Filipp VI;

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;

Bruney Sultoni Hoji Hassanal Bolkiyax; 

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;

Vengriya Prezidenti Tamash Shuyok;

Latviya Respublikasi Prezidenti Edgars Rinkevichs;

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon;

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;

YUNЕSKO bosh direktori Odri Azule;

XAEA bosh direktori Rafael Grossi;

Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min;

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bosh kotibi Sergey Lebedev;

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Asad Xon;

Jahon banki prezidenti Ajay Banga;

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso;

Osiyo taraqqiyot banki prezidentiMasatsugu Asakava;

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyun;

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro fondi prezidenti Alvaro Lario.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident hokimlarni “nomiga” sayyor qabul qilganini tanqid qildi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 09:17

    Prezident hokimlarni “nomiga” sayyor qabul qilganini tanqid qildi

    O‘zbekiston bo‘yicha har o‘n ming kishiga o‘rtacha 319 ta ariza to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa-da, ba’zi hududlarda bu ko‘rsatkich ikki barobar yuqori.

    'Eron qizlar maktabiga zarba: AQSh aybni tan olmayapti'ning rasmi

    Siyosat 11.03.2026 10:04

    Eron qizlar maktabiga zarba: AQSh aybni tan olmayapti

    Eronning Minob shahrida joylashgan qizlar maktabiga berilgan zarba natijasida kamida 165 kishi halok bo‘lgani xabar qilinmoqda.

    'Baxtiyor Saidov Turkiya prezidenti Erdo'g'an bilan uchrashdi'ning rasmi

    Siyosat 08.03.2026 04:36

    'Mahkum ayollar uchun “Yangi hayot” dasturi yo‘lga qo‘yiladi'ning rasmi

    Siyosat 06.03.2026 10:26

    Mahkum ayollar uchun “Yangi hayot” dasturi yo‘lga qo‘yiladi

    Prezident xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashni kuchaytirish hamda jazoni ijro etish muassasalaridagi ayollarni ijtimoiy hayotga qaytarish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ma’lum qildi.

    'Toshkent – Angren – Qamchiq dovoni yo‘nalishida 171 kilometrlik muqobil avtomobil yo‘li barpo etiladi'ning rasmi

    Siyosat 05.03.2026 15:32

    Toshkent – Angren – Qamchiq dovoni yo‘nalishida 171 kilometrlik muqobil avtomobil yo‘li barpo etiladi

    Ushbu yo‘lda 33 kilometrlik tonnellar hamda bir qator yirik muhandislik inshootlarining qurilishi rejalashtirilgan.