AsosiyJamiyat

Kredit tarixini shakllantirishda soliq, elektr, gaz kabi boshqa to‘lovlar ham inobatga olinadi

Tarixi “o‘rta” baholanganlarga yangi kredit olishda talablar kuchaytiriladi.

'Kredit tarixini shakllantirishda soliq, elektr, gaz kabi boshqa to‘lovlar ham inobatga olinadi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 dekabr kuni banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘tgan olti yilda 1 million 600 ming nafar aholi “yaxshi” kredit tarixiga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, tarixi “o‘rta” baholanganlarga yangi kredit olishda talablar kuchayishi tabiiy.

Bunday mijozlarning kredit tarixini yaxshilash, kelgusida ular tadbirkorga aylanishi uchun banklar katalizator bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

Kelgusi yilda loyihasi bor 100 mingta “o‘rta” toifadagi mijozlar bilan uch oylik individual reja asosida ishlash, ularning soliq, elektr, gaz kabi boshqa to‘lovlarini ham inobatga olish, moliyaviy bilimini oshirish va loyihalarini yaxshilash orqali ularni tadbirkorga aylantirish taklif qilindi.

Yig‘ilishda respublika bo‘yicha 60 ta ilg‘or shahar-tumanni ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududlarga aylantirish choralari ham muhokama qilindi.

Bu tumanlarda kelgusi yilda 2 million aholini band qilish, 417 mingta oilani kambag‘allikdan olib chiqish zarurligi qayd etildi.

Tuman va shahar hokimlariga ushbu tuman-shaharlarda infratuzilmani yaxshilash topshirildi.

    Boshqa yangiliklar