AsosiyJamiyat

Samarqandda imtiyozli narxdagi ko‘mirni sotayotgan ombor mudiri va qorovul ushlandi

Ehtiyojmand oilalarga imtiyozli narxda sotilishi kerak bo‘lgan 50 tonna ko‘mirni 37,5 mln so‘mga sotayotgan bo‘lishgan.

'Samarqandda imtiyozli narxdagi ko‘mirni sotayotgan ombor mudiri va qorovul ushlandi'ning rasmi

Samarqand viloyatida imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim bo‘lgan 50 tonna ko‘mirni sotayotgan ombor mudiri va qorovuli ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.

Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Ko‘mirta’minot” MCHJning Samarqand filiali “Maroqand” ko‘mir ombori mudiri J.P soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, ehtiyojmand oilalarga imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim bo‘lgan 50 tonna ko‘mirni fuqaro A.A.ga 37,5 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 13,2 tonna ko‘mirni ombor qorovuli X.J. yordamida yetkazib berib, kelishilgan pullar hisobidan 28 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar