AsosiyJamiyat

"Toshshahartransxizmat"AJ Boshqaruvi raisi o‘zgardi

Sanjar Sattarov rais vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

'"Toshshahartransxizmat"AJ Boshqaruvi raisi o‘zgardi'ning rasmi

Sattarov Sanjar Sadiqovich "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 

S.Sattarov 1979 yil 15 noyabrda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2001 yilda Toshkent avtomobil va yo‘llar institutining bakalavr bosqichini, 2005-yilda Toshkent avtomobil va yo‘llar institutida magistratura bosqichini avtotransport vositalaridan foydalanish, avtotransportda xalqaro yuk tashish yo‘nalishini tamomlagan. 

Tayinlovga qadar u O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining turli lavozimlarida, Transport vazirligi tasarrufidagi “Uzautotrans Service” MCHJ bosh direktori, Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonda dollar to‘rt kunlik ko‘tarilishdan so‘ng tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:35

    O‘zbekistonda dollar to‘rt kunlik ko‘tarilishdan so‘ng tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan qiyomatini e’lon qildi.

    'O‘zbekistonda bir yilda qashshoqlik darajasi 5,8 foizga, ishsizlik esa 4,8 foizga tushdi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:33

    O‘zbekistonda bir yilda qashshoqlik darajasi 5,8 foizga, ishsizlik esa 4,8 foizga tushdi.

    Shuningdek, o‘tgan yili iqtisodiyot dastlabki prognozga nisbatan ancha yuqori, ya’ni 7,7 foizga o‘sib, yalpi ichki mahsulot hajmi 147 milliard dollardan oshgan.

    'Oʻqotar qurollar nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:09

    Oʻqotar qurollar nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

    Муттахам идоралар томонидан ўқотар қуролларни рўйхатга олиш, сақлаш ва улардан фойдаланиш қоидаларига риоя этилиши, ноқонуний қурол-яроғ айланмасига барҳам бериш юзасидан олиб борилаётган ишлар таҳлил этилди.

    'Turizm va xizmatlar uchun zamonaviy infratuzilma barpo etilmoqda.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:49

    Turizm va xizmatlar uchun zamonaviy infratuzilma barpo etilmoqda.

    Respublika byudjetidan ajratilgan 150 milliard so‘m hisobiga bu yerdagi 576 ta xonadon milliy ko‘rinishda ta’mirlanib, mahalla tarixiy muhitga uyg‘un qiyofa kasb etdi.

    'Turkiyada onasidan ajralgan bola Oʻzbekistonga qaytarildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:25

    Turkiyada onasidan ajralgan bola Oʻzbekistonga qaytarildi

    Bola bir necha yil davomida suriyalik va o‘zbekistonlik ayollar tomonidan parvarish qilingani ma’lum bo‘lgan.

    'Dam olish kunlari respublika boʻyicha havo harorati koʻtariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:56

    Dam olish kunlari respublika boʻyicha havo harorati koʻtariladi

    Respublikaning ba'zi joylariga tuman tushishi mumkin.