AsosiyJamiyat

2025 yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilish taklif etildi

Prezidentning ushbu tashabbusi to‘liq qo‘llab-quvvatlandi.

'2025 yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilish taklif etildi'ning rasmi

Prezident yig‘ilishda bugun nafaqat O‘zbekiston, balki dunyodagi ko‘plab mamlakatlar iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini yaqqol his qilayotganini qayd etdi.

Havo va suvning ifloslanishi, tuproq erroziyasi, cho‘llanish, qazilma yoqilg‘ilarni behisob ishlatish global isishga, tabiiy ofatlarning ko‘payishiga olib kelmoqda, atrof-muhit va aholi sog‘lig‘iga zarar yetkazmoqda. 

Bunga javoban mamlakatimizda uch yil avval “Yashil makon” umummilliy loyihasi boshlandi. Qo‘shni mamlakatlar bilan birgalikda Mintaqaviy iqlim strategiyasini amalga oshirishga kirishildi. Poytaxtimizda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlarini o‘rganish universiteti tashkil etildi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan bu borada qabul qilingan ikkita muhim rezolyutsiyaning tashabbuskori bo‘ldi. Ayni vaqtda “yashil” energetika iqtisodiyotimiz drayverlaridan biriga aylanmoqda.

El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha o‘rganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida Prezidentimiz 2025 yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.

Yig‘ilganlar ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatladilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Endi sud tizimiga aralashish, sudyalarga bosim o‘tkazish va faoliyatiga aralashganlik uchun qonun bo‘yicha keskin chora ko‘riladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:38

    '2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:27

    2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi

    Issiq suv va issiqlik tariflarining oshirilishiga tabiiy gaz, elektr energiya, suv — uchta asosiy resurs narxlarining oshishi sabab bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

    'Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:19

    Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi

    Tayinlov Prezident administratsiyasi rahbarining buyrug‘i bilan amalga oshirildi.

    'O'zbekistonda kontrafakt "Smekta" ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:15

    O'zbekistonda kontrafakt "Smekta" ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi

    Kompaniya frantsuz kompaniyasining brendini eslatuvchi belgidan noqonuniy foydalangan.

    'Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:29

    Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan usbu holat yuzasidan hali rasmiy izoh berilmadi.

    'O‘zbekistonda transplantatsiya tartibi rasman belgilab qo‘yildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:32

    O‘zbekistonda transplantatsiya tartibi rasman belgilab qo‘yildi

    Yangi nizom retsipient va donorlarni tekshirish, xulosa berish hamda transplantatsiya jarayonini amalga oshirish qoidalarini aniq belgilaydi.